Zaxm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
Sifilis bilan birlashtirishga andoza qo‘shildi
Qator 1:
{{birlashtirishga|Sifilis}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
'''Zaxm''', lyues, sifilis — barcha aʼzo va sistemalarning zararlanishi b-n kechadigan surunkali tanosil (venerik) kasalligi. 3. qadimdan maʼlum. Uning yer yuzida paydo boʻlishi va tarqalishi haqida turli fikr va nazariyalar mavjud. Koʻp olimlar fikriga koʻra, Xristofor Kolumbning 3. b-n kasallangan matroslari Ispaniyada 3. tarqalishiga sabab boʻlishgan. 1496 y.da epidemiya boshlanib, Italiya, Fransiya, Shveysariya, Germaniya, keyin Avstriya, Vengriya va Polshaga tarqalgan. Ayrim olimlar 3. Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharqda qadim zamonlarda ham mavjud boʻlgan degan fikrdalar. Oʻtmishning buyuk olimlari Galen, Gippokrat, Abu Ali ibn Sino va b.ning asarlarida yozilgan kasallik belgilari (yara, afta, kondiloma va b.) aynan 3. klinikasini eslatadi. 3. 16a. boshlarida deyarli butun dunyoda paydo boʻlgan. Z.ni oqish treponema (spiroxetalar) qoʻzgʻatadi (bu mikroorganizm anilin boʻyogʻi b-n yomon boʻyalganligi uchun oqish deyiladi). U bemor qonida, teridagi yarada, limfa tugunlari, orqa miya suyuqligida, soʻlagida, nerv toʻqimalari va hamma aʼzolarida, hatto 3. b-n ogʻrigan ayol sutida va erkak shahvatida ham boʻladi. Oqish treponema organizmdan tashqarida quritilganda oʻladi, lekin nam muhitda (mas, shahvat, soʻlakda, qin shilimshigida) uzoq yashaydi. Bemor 3. tarqatadigan manbadir; u sogʻlom kishi b-n oʻpishganda, jinsiy aloqa qilganda yoki uning idishtovoqlaridan foydalanganda kasallik yuqadi. Keyingi yillarda qon quyish yoʻli b-n ham (transfuzion) 3. yuqish hollari ahyonda kuzatiladi. Oqish treponema teriga yoki shilliq pardaga kirgach, tez koʻpayadi va limfa tomirlari orqali butun organizmga tarqaladi. 3. b-n kasallangan odam avval oʻzini mutlaqo sogʻlom sezadi, 3—4 haftadan keyin (yashirin — inkubatsion davr tugagach) oqish treponemalar kirgan joyda Z.ning birinchi belgisi — ogʻrimaydigan birlamchi sifiloma (qattiq shankr) paydo boʻladi. Bemor furunkulyoz, oʻpka yalligʻlanishi, angina, soʻzak va b. kasalliklar sababli biror antibiotik b-n davolangan boʻlsa, Z.ning yashirin davri ancha choʻzilishi mumkin. Bunday hollarda antibiotikning tegishli dozasi treponemalarni yoʻq qila olmay, ularning rivojlanishini bir oz toʻxtatib qoʻyadi, natijada yashirin davr ancha choʻzilib ketishidan tashqari, kasallik boshqacha kechishi mumkin. Qattiq shankr paydo boʻlishi b-n Z.ning birinchi davri boshlanadi: yara (shankr)ga yaqin limfa tugunlari yalligʻlanib shishadi, kattalashadi va bir oz qattiqlashadi; koʻpincha darmon quriydi, isitma chiqadi, bosh ogʻriydi, ayniqsa kechasi suyaklar qaqshab ogʻriydi, uyqusizlik kuzatiladi. Bu davr 6—9 hafta davom etadi va oʻz vaqtida davo qilinmasa, ikkinchi davriga oʻtib ketadi: ogʻiz shilliq qavati, jinsiy aʼzolar, qoʻl, oyoq va badanda dogʻ, tuguncha va h.k. koʻrinishida katta-kichik, rang-barang toshmalar (yiringli tugunchali) paydo boʻladi; koʻpchilik bemorlarning sochi toʻkila boshlaydi, suyak, boʻgʻim, muskul, qon tomirlar, yurak, koʻz, quloq, ichki aʼzolar va nerv sistemasi zararlanishi mumkin. Bu davrda bemor atrofdagilar uchun oʻta xavfli hisoblanadi. Ikkinchi davr boshida paydo boʻlgan toshma hech qanday davo qilinmasa ham, bir qancha vaqtdan keyin butunlay yoʻqolib ketadi; bemor oʻzini sogʻlom sezib, qech narsadan shikoyat qilmaydi, lekin bu bemorning dardi aridi va u atrofdagilarga kasallik yuqtirmaydi, degan gap emas. Bu faqat Z.ning latent yoki yashirin davri, xolos. Bemor qunt b-n davolansa, sogʻayib ketadi. Davo qilmay qoʻysa, kasallik toʻsatdan qaytalanib (retsidiv), ikkinchi davrning hamma belgilari namoyon boʻladi va bir qancha vaqtdan keyin ular yana yoʻqoladi. Bu jarayon bir necha marta takrorlanishi mumkin. Har galgi qaytalanish oldingisidan faqat kam toshma toshishi b-n farq qiladi. Bemor vrach aytganlarini qilmasa, spirtli ichimliklar isteʼmol qilsa, taxm. 3—5 yildan keyin ikkinchi davr Z.ning oxirgi, uchinchi davriga oʻtadi: olcha danagidek doʻmboqchalar yoki tuxumdek, baʼzan undan kattaroq gummalar paydo boʻlib, toʻqimalarni yemiradi, yaraga aylanadi va chandiqlanib bitadi. Kasallik oqibati gummalar oʻrnashgan joyga bogʻliq. Miya, yurak, tomir, jigar kabi hayot uchun muhim aʼzolar zararlansa, bemor hayoti xavf ostida qoladi; yuz zararlangan boʻlsa, burun skeleti yemirilib, bemor badbashara, burni egarsimon boʻlib qoladi. Harakat, koʻruv, eshituv aʼzolari, nerv sistemasining zararlanishi kishini umrbod mayib qilib qoʻyadi.