Termiz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 28 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q491879 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
1999-yil noyabr oyida YUNESCO Bosh konferensiyasining Parijda boʻlgan 30-majlisida Markaziy Osiyoning qadim shahrlaridan biri Termiz shahrining 2500 yillik yubileyini 2001 yilda xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qilindi. Mazkur qaror munosabati bilan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1999 yilning 27 dekabrida «Termiz shahrining 2500 yillik yubileyini 2001 yilda oʻtkazish va unga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida» maxsus qaror qabul qilindi.
 
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Termiz''' — Surxondaryo viloyatidagn shahar. Viloyat markazi. Amudaryoning oʻng sohilida, Oʻzbekistonning jan. qismida, Afgʻoniston chegarasiga yaqin, oʻrtacha 310 m balandlikda joylashgan. Xalqaro daryo porti. T.y. stansiyasi. Toshkentdan 708 km. Mayd. 27,8 km2. Aholisi 119,6 ming kishi (2004). Iklimi kontinental, issiq va quruq, yozi jazirama issiq (Oʻzbekistondagi eng issiq shahar — eng yuqori t-ra 49,5°, 1914 y. 21 iyunda qayd etilgan), qishi iliq va qisqa. Yillik oʻrtacha t-ra 16—18°. Yanv.ning oʻrtacha trasi 2,8—3,6, iyulniki 28—32°. Baʼzida, qishda sovuq — 20° va undan ham past boʻladi. Yillik yogʻin 133 mm.
 
Arxeologik topilmalar, arab va yunon manbalarida keltirilgan maʼlumotlar T.ning Sharqdagi qad. shaharlardan biri ekanligidan dalolat beradi. Shaharning qulay geografik oʻrni, strategik ahamiyatga molik joyda boʻlganligi, sharqni gʻarb, jan.ni shimol bilan bogʻlovchi savdo chorrahasida barpo etilishi, uning tez surʼatlar bilan rivojlanishiga zamin yaratgan. Buyuk ipak yoʻlinint muhim bir tarmogʻi ham T. orqali oʻtgan.
 
Qad. Sharq sivilizatsiyasining shakllanishida T.ning oʻziga xos oʻrni bor. Koʻxna T.ning qalʼa qismida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijalari va yozma manbalarning tahliliga koʻra shaharga mil. av. 1ming yillikning oʻrtalarida asos solingan. T. Sugʻdiyona, Xorazm, Margʻiyona va Parfiya davlatlari bilan madaniy va savdo aloqalarini oʻrnatgan. Topilmalarga qaraganda shaharning Hindiston bilan madaniy va savdo aloqalari ham juda faol va uzviy boʻlgan.
 
Mil. av. 4—3-a.larda 10 ga maydonni egallagan T.ning qad. qalʼasi oʻrnida aholi manzili boʻlgan. Hofizi Abruyning yozishicha, shahar nomi "Taramastxa" (baqtriycha "narigi sohildagi manzil") soʻzidan olingan boʻlib, asrlar davomida turlicha atalib kelgan (mas., Antioxiya, Demetrias, Tarmid, Tarmiz, Tami, Tamo), 10-a.dan T. deb atala boshlagan.
 
T. mil. av. 3—2-a.larga kelib Baqtriyaning eng rivojlangan, siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biriga aylandi. Ashyoviy dalillarga koʻra bu davrlarda shaharda meʼmorlik va hunarmandchilikning bir qancha sohalari (kulolchilik, degrezlik va metallsozlik, shishasozlik), Salavkiylar, YunonBaqtriya shohlari tovarpul muomalasi Movarounnahrning boshqa shaharlariga qaraganda ancha oldin rivojlanganligidan dalolat beradi.
 
T. shahrining gullab yashnagan davri Kushonlar hukmronligi davriga toʻgʻri keladi. Bu davrda T. hududiy jihatdan kengayib, Shim. Baqtriyaning yirik shahriga aylangan. Shaharda shu davrga oid meʼmorlik va hunarmandchilik binolari va namunalari, turli nafis sopol va shisha idishlar, fil suyagi, qimmatbaho metall va toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari kabi topilmalarning koʻplab qayd qilinishi buning dalilidir. Mas., Dalvarzintepadan topilgan va fil suyaklaridan yasalgan shaxmat donalari (fil va hoʻkizzebu shaklida) xrz. kunda yer yuzida aniqlangan eng qad. shaxmat donalari (mil. 2-a.) xisoblanadi. Oʻsha davrda T. Kushonlar davlatining muhim shahri va buddizmnint markazlaridan biri boʻlgan.
 
Shaharni Termizshoxlar idora qilgan. Oʻsha davrda T. Termizshoxlar hokimligining poytaxti boʻlib turgan. Arablar bosib olgan davrda (686—704) T. 70 gektarga yaqin maydonni egallagan, toʻrtburchak shaklidagi qalʼadan iborat boʻlgan. 10-a.da yozilgan "Hudud ulOlam" asarida T. "Jayxun boʻyidagi kurkam va obod shahar. Qalʼasi daryo boʻyida, ulkan bozori mashhur, Xuttalon va Chagʻoniyon axdi shu yerda savdo qiladi", deb taʼriflangan.
 
10—12-a. boshlaridaT. ravnaqtopgan. Toxaristonning yirik shahri, hunarmandchilik va savdo markaziga aylangan. Bu davrda T. hududi 500 ga dan optik, maydonni egallagan. Shaharda bir qancha mahobatli binolar barpo etilgan. Shulardan Eski shahar qismida Termizshoxlar saroyi saklanib qolgan.
 
Shaharda temirchilik, shishasozlik, kulolchilik rivojlangan. T.da tayyorlangan hunarmandchilik buyumlariga talab yuqori boʻlgan. Shaharda oʻnlab karvonsaroylar faoliyat koʻrsatgan. Oʻsha davrda T. yirik madaniyat va ilmfan markazi sifatida ham nom qozongan. Termizlik olimuulamolar oʻrta asr Sharqining fan, madaniyat va maʼrifatiga oʻz hissasini qoʻshgan.
 
T. vaqtvaqti bilan Gʻaznaviylar, Qoraxoniylar, Qoraxitoylar, Saljuqiylar, Xorazmshoxlar davlatlari tarkibida boʻlgan. 1220 y.da T. moʻgʻullar tomonidan vayron qilib tashlangan. Sharafudsin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarida qayd qilinishicha, T. aholisi moʻgʻullarga qattik, qarshilik koʻrsatgan va shu bois shahar "Madinat urrijol" ("Mardlar shahri") deb ham atalgan. Moʻgʻullar istilosidan soʻng , 14-a.da T. Surxondaryo sohiliga yaqin joyda yangidan qad. koʻtardi. Shahar oʻz oʻrnini bir necha bor oʻzgartirsada, asrlar davomida oʻz nomini Tarmita, AntioxiyaTarmita, Tarmiz, Tirmiz, Termiz koʻrinishlarida saklab kelgan.
 
Amir Temur Movarounnahrni egallagach (1370), T. Surxondaryo vohasi bilan birga Temur davlati tarkibiga kirdi. 1407 y.da Temuriy Xalil Sulton farmoni bilan daryo sohilidagi T. qalʼasi qayta tiklandi. Koʻp oʻtmay oʻz tangalarini zarb etadigan katta shaharga aylandi. 1504—05 y.larda shaharni Shayboniyxon egalladi. Keyinchalik turli sulolalar tasarrufida boʻlib, 18-a.ning 2yarmida shahar oʻzaro urushlar natijasida butunlay vayron qilingan. Faqat, uning atrofidagi Pattakesar va Solihobod qishloklari saklanib qolgan.
 
1894 y. Term iz xarobalaridan 8 km narida joylashgan Pattakesar qishlogʻida ruslarning mahalliy aholi tomonidan "Tuproqqoʻrgʻon" deb nomlangan qalʼa istehkomi qurilgan. Xoz. T. shu Tuproqqoʻrgʻon atrofida bunyod etilgan. 1916 y. Buxoro—Qarshi—Termiz t.y. qurilish munosabati bilan T.ning iqtisodiy mavqei oʻsdi.
 
Oʻzbekistonni qoʻshni Afgʻoniston, Pokiston, Hindiston va b. davlatlar bilan bogʻlovchi yoʻl T. orqali oʻtishi shaharning siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim oʻrin egallaydi.
 
T.da dastlabki arxeologik qazishma ishlari B.P.Denike (1926—27), M.Ye. Masson rahbarligidagi Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (1936—38) tomonidan olib borilgan. Eski T.da arxeologik qazishma ishlari keyinchalik Sh.Pidayev, T.Annayev tomonidan davom ettirilib, shahar tarixi yanada oydinlashtirildi.
 
1933 y.da T.da birgina paxta tozalash zdi va yana bir necha ustaxonalar boʻlgan. Keyinchalik va ayniqsa, mustaqillik yillarida, sanoat, qurilish, yengil, oziqovqat va b. korxonalar ishga tushdi. Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari yaxshilandi. Shaharda yangi t.y. vokzali qurildi. Amfiteatr, arxeologiya muzeyi, sanʼat kolleji, akademik litsey, tadbirkorlar markazi, markaziy stadion, "Delfin" suzish havzasi, kurash saroyi, tennis korti, "Alpomish" majmuasi, markaziy bozor, "Termizning 2500 yilligi" nomli xiyobon bor; shoshilinch tibbiy markaz qurilib ishga tushirildi.
 
T.da jami 2500 dan ziyod korxona boʻlib, mikrofirmalar, kichik va oʻrta korxonalar, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalardir. Paxta tozalash, qurilish materiallari ishlab chiqarish., yengil va oziq-ovqat sanoati muhim oʻrin tutadi.
 
T.da unt, 8 ta kollej (sanʼat, iktisod, ijtimoiyiqtisodiy, ped., tibbiyot, bank ishi, maishiy xizmat koʻrsatish, oziq-ovqat sanoati kollejlari) bor. Akad. va fizikamat, litseylari faoliyat koʻrsatadi. 2003/04 oʻquv yilida shaharda 16 umumiy taʼlim, 2 tayanch, 1 boshlangʻich maktablari ishladi.
 
Oʻquvchilar saroyi, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyat koʻrsatadi. Viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, Hakim atTermiziy meʼmoriy majmuasidagi "Meros" tarmoq muzeyi bor. OʻzR Prezidenti I.A.Karimovning loyihasi va tashabbusi bilan T.ning 2500 yilligini aks ettiruvchi Surxondaryo arxeologiya muzeyi bunyod etildi; viloyat musiqali drama, qoʻgʻirchoq teatrlari ishlab turibdi. 4 shahar kutubxonasi hamda 2 tarmoq kutubxonasi mavjud. Hayvonot bogʻi bor (q. [[Termiz hayvonot bogʻi]]).
 
T.da 18 gazeta chiqariladi, 3 telestudiya eshittirishlar olib boradi. Shahar markaziy kasalxonasi (165 oʻrin), yuqumli kasalliklar kasalxonasi (130 oʻrin), bolalar va kattalar, tish davolash poliklinikalari, shahar bolalar sanatoriybogʻchasi va b. tibbiy muassasalarda 211 vrach, 700 ga yaqin oʻrta tibbiy xodim xizmat kiladi. Undan tashqari, viloyatga karashli 3 ta kasalxona, viloyat tugʻruqxonasi, shoshilinch tibbiy yordam markazi, bolalar kasalxonasi, onkologiya, koʻz kasalliklari kasalxonalari, endokrinologiya, sil kasalliklari, teritanosil kasalliklari, narkologiya, asab kasalliklari dispanserlari, "Ona va bola" va "Reproduktiv salomatlik" markazlari, viloyat qon quyish markazi faoliyat koʻrsatadi. Taʼlim muassasalarida, mahallalarda bolalar sportini rivojlantirish darajasini oshirish maqsadida tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda. T.da islom dini arboblaridan Hakim atTermiziy, Shaxobuddin Sobir Termiziy, Muhammad ibn Hamid Termiziy, Abu Bakr Varroq Termiziy kabi olimlar yashab oʻtishgan. T.da 1999 y.da Alpomish dostonining 1000 yilligi, 2002 y.da xalqaro miqyosda T.ning 2500 yillik yubileyi oʻtkaziddi.
 
== Adabiyot ==
* Rtveladze E., Aminov M., Surxondaryo, T., 1996; Pugachenkova G.A., Muzey pod otkroʻtoʻm nebom, T., 1996; Roʻziyev A.N., Surxondaryo viloyati T., 1996; Mirzayev J., Termiz tarixi, T., 2001.
 
Xolli Qurbonov, Ismoil Botirov.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
Ushbu qarorlar asosida 2002 yil 2 aprelda oʻzining 2500 yillik yoshini nishonlagan Termiz shahri koʻplab katta voqealar va larzalarni boshidan kechirgan. Butun tarixi davomida Termiz Markaziy Osiyo xalqlari madaniy taraqqiyoti va oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixida muhim rol oʻynagan. «Buyuk Ipak Yoʻli»ning asosiy chorrahalaridan biri sifatida dunyo sivilizatsiyasi rivojiga sezilarli darajada hissa qoʻshgan qadim shahardir. Buddizm dinining va u bilan bogʻliq boʻlgan memorchilik anʼanalarining Xitoy va Uzoq Sharq mamlakatlariga tarqalishi ham aynan Termiz orqali yuz bergan.
Qator 48 ⟶ 94:
[[Turkum:Oʻzbekiston: Shaharlar]]
[[Turkum:Surxondaryo viloyati]]
 
{{OʻzME}}