Turkmanobod: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Legobot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 35 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q487684 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 56:
| sayt tili =
}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Turkmanobod''' (1924 y. gacha va 1927—93 y.larda Chorjoʻy, 1924—27 y.larda Leninsk) — Turkmanistonning Lebap viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Amudaryoning chap sohilida. Yirik t.y. tuguni va dare porti, aeroport bor. Aholisi 203 ming kishi (1999). Shahar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar arab tarixchisi Balozuriyning (9-a.) asarida keltirilgan. Shaharning dastlabki nomi Amuy boʻlib, keyinroq arab tili taʼsirida Amul shaklini olgan.
 
Arablar Amulga ilk bor 651 va 655 y.larda (Marvni bosib olganlaridan keyin) hujum qildilar. Bu toʻgʻridagi maʼlumotlar Xitoy manbalarida keltirilgan. 672 y.da Amul aholisi va arablarning Xurosondagi noibi Abdulloh ibn Ziyod askarlari oʻrtasida jang boʻlib oʻtgan. Shundan keyin u sulh tuzib Marvga qaytib ketgan. 8-a. boshida shaharni arab noibi ("amil") boshqargan.
 
Oʻrta asr Amul sh. xarobalari Chorjoʻy t.y. stansiyasidan 9 km shim.sharkda joylashgan. 1-a.da vujudga kelgan shaxar 150 ga maydonni egallab, ark (0,5 ga), shahriston (9 ga) va tashqi shahardan iborat boʻlgan. Ark shahristondan 33 m balandlikdagi tepalikda joylashgan. Shahriston kushon davri shahrining oʻzagi boʻlib, shahar katta rabod bilan oʻralgan. Kushon davrida rabod 50 gektar maydonni egallagan.
 
10-a.da Amul kichkina boʻlsada, aqolisi zich joylashgan. Shaharning jome masjidi baland yerda oʻrnashgan, bozorlarining usti yopiq boʻlgan.
 
Shahar 1221 y.da moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan. Moʻgʻullar istilosidan keyingi manbalarda u qishloq sifatidatilgaolinadi. 15-a.dan avvalgi "Amul" nomi bilan birga shaharning yangi "Chorjoʻy" nomi ham isteʼmolga kira boshlaydi va astasekin bu nom eskisini siqib chiqaradi.
 
X,ozirgi T. 19asrning 80 y.larida eski shahar (Chorjoʻy) yaqinida ruslar qalʼasi sifatida vujudga kelgan. Maʼmuriy jihatdan Buxoro amirligiga qaragan.
 
1886 y.dan shahar (Yangi Chorjoʻy) Oʻrta Osiyoning savdo va transport markazlaridan (Chorjoʻy orqali 1888 y.da Oʻrta Osiyo t.y. oʻtgan) biri boʻlib qoldi.
 
1924 y.dan Turkmaniston SSR tarkibida. 1937 y.dan Chorjoʻy deb ataldi. Chorjoʻy 1939—63 va 1970 y.dan Chorjoʻy viloyati markazi. 1993 y.dan Lebap viloyati markazi.
 
Shaharda neftni qayta ishlash, metallsozlik sanoati korxonalari, ipak, goʻsht ktlari, jun, yigiruvtoʻquv, tikuvchilik, poyabzal, mebel fkalari, qorakoʻl, paxta tozalash, sut, vino, qurilish materiallari, superfosfat, taʼmirlash zdlari ishlab turibdi. Ped. instituta, bir kancha oʻrta maxsus bilim yurtlari, teatr, tarixoʻlkashunoslik muzeyi, Turkmaniston tajriba ipakchilik styasi, meliorativ stya bor.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
'''Turkmanobod'''({{lang-tk|Türkmenabat}} — [[Turkmaniston]]ning [[Lebap viloyati]]ning markazi. Aholisi 408 906 kishi.
Qator 75 ⟶ 96:
{{Turkmaniston shaharlari}}
{{Turkmenia-geo-stub}}
 
{{OʻzME}}