Geofizika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yer fizikasi bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 5:
G.ning bevosita Yerni oʻrganish b-n shugʻullanadigan qismi amaliy va umumiy boʻlimlardan iborat. Amaliy G.ga elektr razvedka, seysmik razvedka, gravimetrik razvedka, magnit-razvedka, radiometriya usullari kiradi; ular foydali qazilma konlarini qidirishga karatilgan. Umumiy G. esa Yerning ichki, ustki qatlamlaridagi fizik maydonlar va jarayonlarni oʻrganadi.
 
Umuman G.ning ayrim sohalari b-n ilmiy nuqtai nazardan shugʻullanish 16-a. oxirlaridan boshlangan. 19-a. oʻrtalarida G. mustaqil fanga aylandi, 20-a. 40—60y.lariga kelib izchil sistema sifatida shakllandi. Oʻzbekistonda G.ning vujudga kelishi 1867-70 y.larda Toshkentda fizik rasadxona ochilishi b-n boshlandi. Geomagnit oʻlchashlar 1871 y.dan marshrutlar boʻylab oʻtkazilgan, 1877 y.dan esa muntazam ravishda rasadxonada olib borilgan. 1901 y.da Toshkentda Oʻrta Osiyoda birinchi seysmik st-yastansiya ochildi, 1928 y.da magnit rasadxona tashkil etildi. 1930-40 y.larda Oʻzbekistan barcha hududlarining magnitometrik va gravimetrik haritalari tuzildi.
 
Atmosfera fizikasi sohasidagi dastlabki muhim natijalar 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida olindi. Birinchi marta atmosfera sirkulyatsiyasi, siklonlarning taraqqiy etish nazariyalari ishlab chiqildi. 20-a. 40-y.lari oʻrtalaridan boshlab G.ga doyr ishlar kompleks rivojlana boshladi. Gaz va neft chiqishi ehtimoli bor joylar oʻrganildi (Yu. N. Godin, B. P. Lebedev, I. I. Kreynes, M. V. Muxin va b.). Rudaga boy joylarning oʻrganilishi natijasida Buxoro — Xiva hududida, Fargʻona va Surxondaryo vodiylarida qimmatbaho qazilma boylik konlari aniqlandi. 40-y.lar oxiridan boshlab chuqur seysmik zondlashning nuqta usulini qoʻllab izlanishlar oʻtkazildi. 50-y.lar oxirida uzluksiz profillash tartibidagi chuqur seysmik zondlash usuli ishlab chiqildi va Oʻrta Osiyoning koʻp qismida shu usuldan keng foydalanildi. 50-60-y.lar oʻrtalarida neft va gaz konlarini izlash b-n birga chuqur parmalash loyihalari tayyorlandi (B. B. TalVirskiy, I. S. Volvovskiy, A. M. Kolpakov, T. L. Bobojonov, V. V. Rubo va b.).
 
Kibernetika fanining taraqqiy etishi, Yer sunʼiy yoʻldoshlarining uchirilishi G. fanining jadal rivojlanishiga sabab boʻldi. Geofizik tadqiqotlar geofizik hodisalarni bevosita kuzatishlar natijalariga asoslanib, maxsus asbob va usullardan foydalanib bajariladi. Bunday ishlar gidrometeorologiya st-yastansiya tarmoqlari, G. rasadxonalari, magnit rasadxona, Yer sunʼiy yoʻldoshlarini kuzatish punktlari, seysmik st-yalarstansiyalar va b.da olib boriladi.
 
60-y.lardan boshlab G.ning seysmologik, paleomagnetizm va b. usullari qoʻllanib, Oʻzbekistonni seysmik xavflilik jihatidan r-nlashtirish, Yer poʻsti qatlamlarini geologik yoshini aniqlash ishlari olib borildi. Natijada geologik, tektonik va b. maʼlumotlarni ham tahlil qilib, Oʻzbekistonning seysmik r-nlashtirilgan haritalari (1966, 1978) tuzildi. Mazkur haritalardan qurilish ishlarida muhim ahamiyatga ega boʻlgan meʼyoriy hujjat sifatida foydalanib kelinmoqda.