Andronovo madaniyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Andronovo madaniyati''' - mil. av. ikkinchi ming yillikning ikkinchi yarmi va birinchi ming yil-likning boshida yashagan chorvador va dehqon qabilalarining madaniyati. An.m. yodgorliklari Minusinsk, Shim.-sharqiy va Markaziy Qozog‘iston, Ob daryosining yuqori oqimi, Chelyabinsk viloyatining o‘rmon va dashtlarida, qisman O‘zbekiston, Kirg‘iziston yer-larida tarqalgan. Bu madaniyatga oid yodgorlikni birinchi bor 1914 y.da Ya. A. Tugarinov Achinsk st-yasistansiyasi yaqinidagi Andronovo qishlog‘ida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida topgan va 1920—23 y.larda S. A. Teplo-uxov uni An.m. nomi b-n fanga kirit-gan. An.m. ga doir yodgorliklar dastlab S. P. Tolstov tomonidan 1938 y.da qad. Xorazmning Ko‘kcha daryo sohillaridan topib o‘rganildi va unga tozabog‘yop mada-niyati nomi berilgan. Keyinchalik Ya. F. G‘ulomov va A. Asqarovlar bu madaniyatga doir yodgorliklarni Zarafshonning quyi oqimi r-nlaridan topib o‘rgandilar. Bu davr mozor va manzilgoxlari Tosh-kent atrofida, Mo‘minobodda (Samarqand vi-loyati), Farg‘ona vodiysida (Karamko‘l, Vodil mozorlari), Qayroqqumda ko‘plab o‘rganilgan. An.m. aholisi yarim yer to‘la shaklidagi kulbalarda yashagan; mozorla-ri yorma go‘r bo‘lib, murdalar oyoq-qo‘llari buqilgan, chapga yonboshlatilgan, boshi jan.-g‘arbga qaratilgan holda, ko‘pincha kiy-im-kechagi, jezdan yasalgan bez-ak buyumlari b-n dafn etilgan. U davr qabilalari daryo bo‘ylarida dehqonchilik, adirlarda chorvachilik b-n shug‘ullangan. 1997 y. Tojikistondagi Kizilsuv daryosi havzasidan An.m.ga doir yodgorlik — ja-moa bo‘lib dafn qilingan bolalar qabri topildi. 10—11 yoshli bolaning oyoqlari yonidan chiqqan ko‘plab jez munchoqpar, ilgaksimon kumush taqinchoq, sopol idishlar muhim ilmiy ahamiyatga ega.
 
== Adabiyotlar ==