Kvebek: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 2:
'''Kvebek''' — Kanadaning sharqiy qismidagi provinsiya. Mayd. 1540,7 ming km2. Aholisi 7,4 mln.kishi (2001), asosan, kanadalik fransuzlar. Maʼmuriy markazi — Kvebek sh., eng katta shahri — Monreal. K.ning koʻp qismi Labrador ya.o.da joylashgan, jan.da Appalachi togʻlarining tarmoqlari (bal. 1311 m gacha) joylashgan, San-Lavrentiy dare vodiysi pasttekislikdan iborat. K.ning shim. tundra, oʻrta va jan. kismi oʻrmon. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi shim. da —24° dan jan.da —10° gacha, iyulniki 11—21°, yillik yogʻin 500—1000 mm.
 
K. — iqtisodiy jihatdan rivojlangan provinsiya, elektr st-yalarningstansiyalarning umumiy quvvati jihatdan va alyuminiy i.ch.da mamlakatda yetakchi oʻrinda. Temir, mis, polimetall, oltin, kumush, nikel, asbest konlari bor. Kanadada olinayotgan asbestning aksari qismi K.da qazib olinadi. Neftni qayta ishlash, mashinasozlik, toʻqimachilik, moʻyna, koʻn poyabzal, oziq-ovqat, sellyuloza-qogʻoz sanoati rivojlangan.
 
Q.x.ning yetakchi tarmogʻi — sut chorvachiligi. Parrandachilik ham rivojlangan. Ichki va tashqi suv havzalarida baliq ovlanadi. Sanoat markazlari va portlari: Monreal va Kvebek. K.ning hoz. hududida yevropaliklar kelgunga qadar indeys va eskimos (shim. qismida) qabilalari yashagan. K.ni dastlab (1608) fransuzlar egallagan. Yetti yillik urush (1756—63) dan soʻng Buyuk Britaniya qoʻliga oʻtdi. 1774 y.da K.nomini oldi. 1867 y.dan Kanada provinsiyasi. K.ning chegarasi 1898 va 1912 y.larda shim.ga tomon ancha kengaydi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>