Boku: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqola yangilandi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 11:
larga kelib turklar davlati tarkibida. 1604 y.da Eron shohi Abbos I B. qalʼasini zabt etdi. 17-a.da B. anchagina katta shahar hisoblangan. Turk sayyohi Avliyo Chalabiyning yozishicha, B.dan olinayotgan neft shoh xazinasiga katta daromad keltirgan. 1723 y. shaharni rus qoʻshinlari bosib oldi, lekin 1735 y.da u Eronga qaytarib berildi. 1747 y.dan Boku xonliginint poytaxti boʻlgan. Keyinroq, RossiyaEron urushi davrida (1804—13) B.ni Rossiya ikki marta bosib oldi (1806 va 1813). 1897-1907 y.larda B. Batumi neft quvuri oʻtkazilgan. 1901 y. B. konlaridan 11,4 mln. t neft qazib olindi (jahonda qazib olingan neftning 50%). B. 1917 y.gacha gubernya markazi boʻlgan. 1917 y. 31 okt. (13 noyab.)da B.ni bolsheviklar egallab, shoʻrolar hokimiyatini oʻrnatdi. Ammo zoʻrlik b-n oʻrnatilgan hokimiyat 1918 y. 31 iyulda agʻdarib tashlandi. 1920 y. 28 apr.da hokimiyat markazdan yuborilgan Qizil Armiya yordamida yana bolsheviklar kuliga oʻtdi va B. Ozarbayjon Respublikasining poytaxti deb eʼlon qilindi. 1991 y. avg .dan B. mustaqil Ozarbayjon Respublikasi poytaxti.
 
B.da neft va gaz chiqarish, neftni qayta ishlash, neftkimyo, kimyo, mashinasozlik (neft sanoati uchun jihozlar i. ch., elektrotexnika, radioelektronika va b.), metallsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. B. bir qancha yirik issiqlik elektr st-yalardanstansiyalardan iborat oʻz energetika sistemasiga ega. Shahardagi koʻp sonli sanoat korxonalari orasida neft konlari alohida oʻrin tutadi. B.ning sharqiy qismida neftni qayta ishlaydigan z-dlar (Yangi Boku, Qorayev nomli va b.), kimyo, mashinasozlik, metallsozlik z-dlari (yuqori voltli apparatura, sovutkichlar, televizor, gaz apparatlari va b. ishlab chiqaruvchi korxonalar); yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari (toʻqimachilik, kamvol, mayin movut k-tlari, poyabzal fkalari, goʻsht k-ti, un z-dlari va b.) ishlab turibdi.
 
B. — yirik transport tuguni. Yuk oborotila dengiz savdo porti yetakchi oʻrinni egallaydi. B. — Turkmanboshi (sobiq Krasnovodsk) oʻrtasida dengiz paromi ishga tushirilgandan keyin uning ahamiyati yanada ortdi. Xalqaro aeroport bor. Shahar atrofiga qatnovchi temir yoʻl B.ni sanoat korxonalari, konlar, kurortlar b-n boglaydi. B. b-n RostovDon, Tbilisi, Yerevan, Astara sh.lari t. y. orqali bogʻlangan. Shaharda 1924 y.dan tramvay, 1932 y.dan avtobus, 1941 y.dan trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. 1967 y. B.da metropoliten ishga tushirildi. B. atrofida yangi yoʻldosh shaharlar barpo etildi: Zabrat, Mashtaga, Dubendi va Primorsk.