Bugʻdoydoshlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Bugʻdoydoshlar bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
Qator 1:
{{birlashtirishga|Bugʻdoydoshlar}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
BUGʻDOYDOSHLAR (gʻalladoshlar) (Roaseaye yoki Gramineae) — bir urugʻ pallali oʻsimliklar oilasi. Bir yillik, ikki yillik yoki koʻp yillik oʻt, baʼzan buta yoki dara[[x]]tlardan tashkil topgan. Poyasi silindrsimon tik yoki yonboshlab koʻtarilib oʻsadi, boʻgʻimlarga boʻlingan, ichi gʻovak, shuning uchun u po[[x]]ol yoki somon deb ham ataladi. Boʻyi 1 sm dan bir nechta oʻn m gacha; baʼzilarining poyasi yogʻochlanib baland boʻlib oʻsadi (mas, bambukning boʻyi 40 m, diametri 30 sm gacha). Barglari oddiy, ipsimon, qalami, bandsiz, navbatlashib joylashgan, qinli. Poyaning bir qismi shu barg qini ichida joylashadi. Gullari ikki jinsli, baʼzan bir jinsli, mayda, koʻrimsiz, oddiy toʻpgullarga (boshoqchalarga) yigʻilgan; bular esa murakkab toʻpgullar, shingil, roʻvak va b. hosil qiladi. Boshoqchalari bitta yoki bir nechta, baʼzan koʻp gulli. Mevasi don, baʼzan danaksimon, yongʻoqsimon yoki rezavor. Urugʻining koʻp qismi kra[[x]]malli endospermdan iborat. B.ning koʻpchiligi uzun ildiz poyali va popuk ildizli. B.ning 600 turkumi, 10000 turi maʼlum. Oʻzbekistonda 91 turkumi (270 turi) usadi. Kupincha B. uchta kenja oilachaga bulinadi. B. yer sharining hamma qismida keng tarqalgan, koʻpchilik turlari tropik mamlakatlarda uchraydi. B. qalin oʻtzorlar, pichanzorlar, oʻtloqlar, savanna, preriy va b. hosil qiladi. B.ga muhim madaniy don oʻsimliklaridan — bugʻdoy, sholi, makka, suli, arpa, javdar, tariq, oq joʻ[[x]]ori va b. (q. Donli ekinlar) hamda shakarqamish kiradi, shuning uchun ham kishilar hayotida ularning ahamiyati katta. Yovvoyi holda oʻsuvchi — oqsoʻ[[x]]ta, raygras, bugʻdoyiq va b. koʻpchilik turlari q. [[x]]. hayvonlari uchun yem[[x]]ashak (q. Yem[[x]]ashak ekinlari) hisoblanadi.
 
Qator 8 ⟶ 10:
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{OʻzME}}