Feʼl-atvor: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
Xarakter bilan birlashtirishga andoza qo‘shildi
Qator 1:
{{birlashtirishga|Xarakter}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
'''Feʼl-atvor''', xarakter — shaxsning atrof muhitga va oʻzoʻziga munosabatida namoyon boʻladigan individual xususiyati. Har bir kishining F.a.ida uning bosib oʻtgan hayot yoʻli aks etadi. Kishining F.a.ini bilib, maʼlum vaziyatda oʻzini qanday tutishini oldindan koʻrish va uning xattiharakatini toʻgʻri yoʻnaltirish mumkin. F.a. xususiyatlarining 4 ta tizimi bor: 1) ayrim insonga, guruhga, jamoaga nisbatan munosabatlarni ifodalovchi xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik qilish, talabchanlik va b.); 2) mehnat faoliyatiga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar (mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mehnatga masʼuliyat yoki masʼuliyatsizlik bilan munosabatda boʻlish va b.); 3) narsa va ashyolarga nisbatan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar (ozodalik yoki ifloslik, narsalarni ayash yoki ularga ehtiyotsizlik bilan yondashish va b.); 4) insonning oʻzoʻziga nisbatan munosabatini ifodalovchi xususiyatlar (izzatnafelilik, shuhratparastlik, dimogʻdorlik, kamtarlik va b.). F.a.ning xususiyatlari tugʻma va oʻzgarmaydigan xususiyatlar emas, u insonning turmush sharoitlariga bogʻliq holda tarkib topib, oʻzgarib boradi, takom illashadi. F.a.ning shakllanishida bir necha turli ruhiy taʼsirlar mavjud boʻlib, ularning ichida odat muhim ahamiyat kasb etadi. F.a. umumbashariy sifatlar bilan cheklanib qolmasdan, milliy va etnopsixologik xususiyatlarga ham ega. Mas, oʻzbek millatining oʻziga xos milliy F.a. xislatlari mavjud. F.a. sifatlari turmush jarayonida tarbiya, mexnat va ijtimoiy sharoit taʼsiri bilan maʼlum darajada oʻzgaradi. Uni yaxshi tomonga oʻzgartirishda axloqning ijtimoiy meʼyorlarini oʻzlashtirish, oʻzoʻzini tarbiyalash ham katta ahamiyatga ega. F.a.ning shakllanishida ijtimoiy muhit va tarbiyaning taʼsiri ayniqsa kuchli.