Dunganlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 23:
'''Dunganlar''' (oʻzlarini laoxueyxuey yoki chjunyuanjin deb ataydilar) — Markaziy Osiyoda yashaydigan xalq. Umumiy soni 70 ming kishi atrofida (1990-y.
 
lar oʻrtalari). Qozogʻiston, Qirgʻiziston, qisman Oʻzbekistonda yashaydi. Dungan tilida gaplashadi. D. Xitoydagi xuey xalqi b-nbilan etnogenetik jihatdan birdir. D. rus grafikasiga asoslangan oʻz yozuviga ega. Islomning sunna va shia mazhablariga eʼtiqod qilishadi. D. ajdodlarining kelib chiqishi fanda hali uzil-kesil hal qilingan emas. Baʼzi olimlar D. arablar b-nbilan aralashgan xitoylar, baʼzilar esa Xitoyga kelib oʻrnashib qolgan fors, turk qabilalari deb hisoblaydi. "Dungan" nomi Sinszyan viloyatida 18-a.da paydo boʻlib, Xitoyning ichki viloyatlaridan koʻchib kelib, oʻtroklashib qolgan harbiy xizmatchilar, savdogarlar, xunarmandlar va b.ni ifodalagan (baʼzan "Dungan"ning etimologiyasini tun gan — hammasi Gan-sudan" yoki dvun yanjin — "Xitoyda yashovchilar" deb talqin etadilar). Xitoyning Gansu, Shensi, Lanjou va b. viloyatlarida yashaganlar. 1861—78 y.larda Xitoyning shim.-gʻarbida Sin sulolasi zulmiga qarshi dehqonlar qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. Qoʻzgʻolonda D. va b. xalqlarning kambagʻal tabaqasi asosiy kuch edi (q. [[Taypin qoʻzgʻoloni]]). Qoʻzgʻolon yengildi, natijada 1877—78, 1881—84 y.larda D. toʻda-toʻda boʻlib Qozogʻiston va Qirgʻiziston yerlariga qochib oʻta boshladi va shu yerlarda oʻrnashib qoldi. 20-a. boshlarida D. xalq boʻlib shakllandi, tili, madaniyati, adabiyoti va oʻz matbuotiga ega boʻldi. D. asosan, deqqonchilik (bugʻdoy, sholi, joʻxori, qand lavlagi, tamaki va b.), bogʻdorchilik, hunarmandchilik b-nbilan shugʻullanadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->