Termiz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Termiz''' — Surxondaryo viloyatidagn shahar. Viloyat markazi. Amudaryoning oʻng sohilida, Oʻzbekistonning jan. qismida, Afgʻoniston chegarasiga yaqin, oʻrtacha 310 m balandlikda joylashgan. Xalqaro daryo porti. T.y.Temir yoʻl stansiyasi. Toshkentdan 708 km. Mayd. 27,8 km2. Aholisi 119,6 ming kishi (2004). Iklimi kontinental, issiq va quruq, yozi jazirama issiq (Oʻzbekistondagi eng issiq shahar — eng yuqori t-ra 49,5°, 1914 y. 21 iyunda qayd etilgan), qishi iliq va qisqa. Yillik oʻrtacha t-ra 16—18°. Yanv.ning oʻrtacha trasi 2,8—3,6, iyulniki 28—32°. Baʼzida, qishda sovuq — 20° va undan ham past boʻladi. Yillik yogʻin 133 mm.
 
Arxeologik topilmalar, arab va yunon manbalarida keltirilgan maʼlumotlar T.ning Sharqdagi qad. shaharlardan biri ekanligidan dalolat beradi. Shaharning qulay geografik oʻrni, strategik ahamiyatga molik joyda boʻlganligi, sharqni gʻarb, jan.ni shimol bilan bogʻlovchi savdo chorrahasida barpo etilishi, uning tez surʼatlar bilan rivojlanishiga zamin yaratgan. Buyuk ipak yoʻlinint muhim bir tarmogʻi ham T. orqali oʻtgan.
Qator 25:
Amir Temur Movarounnahrni egallagach (1370), T. Surxondaryo vohasi bilan birga Temur davlati tarkibiga kirdi. 1407 y.da Temuriy Xalil Sulton farmoni bilan daryo sohilidagi T. qalʼasi qayta tiklandi. Koʻp oʻtmay oʻz tangalarini zarb etadigan katta shaharga aylandi. 1504—05 y.larda shaharni Shayboniyxon egalladi. Keyinchalik turli sulolalar tasarrufida boʻlib, 18-a.ning 2yarmida shahar oʻzaro urushlar natijasida butunlay vayron qilingan. Faqat, uning atrofidagi Pattakesar va Solihobod qishloklari saklanib qolgan.
 
1894 y. Term iz xarobalaridan 8 km narida joylashgan Pattakesar qishlogʻida ruslarning mahalliy aholi tomonidan "Tuproqqoʻrgʻon" deb nomlangan qalʼa istehkomi qurilgan. Xoz. T. shu Tuproqqoʻrgʻon atrofida bunyod etilgan. 1916 y. Buxoro—Qarshi—Termiz t.y.temir yoʻl qurilish munosabati bilan T.ning iqtisodiy mavqei oʻsdi.
 
Oʻzbekistonni qoʻshni Afgʻoniston, Pokiston, Hindiston va b. davlatlar bilan bogʻlovchi yoʻl T. orqali oʻtishi shaharning siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim oʻrin egallaydi.
Qator 31:
T.da dastlabki arxeologik qazishma ishlari B.P.Denike (1926—27), M.Ye. Masson rahbarligidagi Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (1936—38) tomonidan olib borilgan. Eski T.da arxeologik qazishma ishlari keyinchalik Sh.Pidayev, T.Annayev tomonidan davom ettirilib, shahar tarixi yanada oydinlashtirildi.
 
1933 y.da T.da birgina paxta tozalash zdi va yana bir necha ustaxonalar boʻlgan. Keyinchalik va ayniqsa, mustaqillik yillarida, sanoat, qurilish, yengil, oziqovqat va b. korxonalar ishga tushdi. Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari yaxshilandi. Shaharda yangi t.y.temir yoʻl vokzali qurildi. Amfiteatr, arxeologiya muzeyi, sanʼat kolleji, akademik litsey, tadbirkorlar markazi, markaziy stadion, "Delfin" suzish havzasi, kurash saroyi, tennis korti, "Alpomish" majmuasi, markaziy bozor, "Termizning 2500 yilligi" nomli xiyobon bor; shoshilinch tibbiy markaz qurilib ishga tushirildi.
 
T.da jami 2500 dan ziyod korxona boʻlib, mikrofirmalar, kichik va oʻrta korxonalar, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalardir. Paxta tozalash, qurilish materiallari ishlab chiqarish., yengil va oziq-ovqat sanoati muhim oʻrin tutadi.