Birlashgan Millatlar Tashkiloti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Birlashgan millatlar tashkiloti bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 7:
'''Birlashgan millatlar tashkiloti''' (BMT) — yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni ta’minlash, davlatlarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945 y.da tuzilgan. BMTni barpo etish haqidagi qaror SSSR, AQSH, Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943 y.da, Ustavi esa SanFransisko konferensiyasida 1945 y.da qabul kilindi. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000 y.da esa ular soni 189 ga yetdi. BMTning doimiy ish o‘rni (shtab kvartirasi) — NyuYork. BMT Ustavida ko‘rsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huqukdi bo‘lishi va o‘z takdirini o‘zi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini rivojlantirishni, iktisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar o‘rtasida hamkorlik bo‘lishini ta’minlashni ko‘zda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uyg‘unlashtirib turadigan markaz hisoblanadi.
 
2000 y. 6—8 sent.da BMTning 55-sessiyasi doirasida "Ming yillik sammiti" bo‘lib o‘tdi. Unda 155 dan ortiq mamlakatning davlat va hukumat boshliqlari ishtirok etdi. Mazkur anjumanda umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiyiktisodiy, ekologiya va xavfsizlikka doyr muammolar muhokama qilinib, yangi yuz yillikning dastlabki yillarida amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan tadbirlar belgilandi. Sammit ishtirokchilari yakdillik b-nbilan kabul qilgan deklaratsiyada 2015 y.gacha ’minlashda, Bosh Assambleya va BMT boshqa organlari qarorlari amalda bajarilishida yordam beradi. Kotibiyat quyidagi departamentlar va boshqarmalarga bo‘linadi: Siyosiy masalalar va Xavfsizlik Kengashi ishlari departamenti, Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti, Vasiylik va o‘z-o‘zini boshqarmaydigan hududlar departamenti, Nazorat boshqarmasi, Xodimlar boshqarmasi, Bosh kotibning ma’muriy idorasi, Ijtimoiy axborot boshqarmasi, Konferensiyalarga xizmat qilish boshqarmasi, Umumiy xizmat boshqarmasi, BMTning Jeneva bo‘limi. BMT sessiyasi yidda bir marta chaqiriladi. Xavfsizlik Kengashining yoki BMT a’zolari ko‘pchiligining talabi b-nbilan har qanday masala yuzasidan maxsus sessiyalar chaqirilishi mumkin. BMTning rasmiy tillari — ingliz, fransuz, rus, ispan va xitoy tillari bo‘lib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi.
 
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilganidan keyin ko‘p o‘tmay—1992 y. 2 martda BMTga a’zo bo‘ddi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida O‘zRning Davlat bayrog‘i ko‘tarildi. BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi (1993.24.8). BMTda O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi. O‘zbekiston Respublikasi BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari b-nbilan shug‘ullanuvchi tashkiloti — YUNESKOga ham a’zo bo‘ldi.
 
O‘zbekiston o‘z ovozi va mavqeiga ega bo‘lgan a’zo sifatida BMT oldiga muhim va dolzarb masalalarni qo‘yyapti. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh Assambleyasi 48-sessiyasida (1993 y. sent.), BMT tashkil etilganining 50 yilligiga bag‘ishlangan sessiyada (1995 y. okt.), BMT Bosh Assambleyasining "Ming yillik sammiti" (2000 y. sent.) da so‘zlagan nutqlari dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otdi. Xususan, ushbu xalqaro tashkilotning 20-a. so‘nggidagi eng yirik anjumanida O‘zbekiston rahbari xalqaro terrorizm va narkobiznes b-nbilan bog‘liq muammolarni hal etish; mintaqaviy xavfsizlik, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash; jahon xavfsizligi tizimini takomillashtirish, BMT faoliyati va tarkibiy tizimini isloh qilishga taalluqli takliflar b-nbilan chiqdi.
 
O‘zbekiston Respublikasi BMTning teng huquqli a’zosi sifatida bu eng nufuzli xalqaro tashkilotning maqsad va qoidalariga qat’iy amal qilmoqda<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>.