Baynalmilalchilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 5:
Mustabid shoʻrolar tuzumi davrida B. bir tomonlama talqin qilindi. faqat ishchilar sinfi, uning partiyalari mafkurasi va siyosatining asosiy prinsiplaridan biri, sotsializm va kommunizm uchun kurashdagi birligi, degan maʼnoda tushuntirilib, bunda "proletar internatsionalizmi"gina koʻzda tutildi. Aslida esa B. umuminsoniy hodisa boʻlib, barcha xalqlar va mamlakatlarning taraqqiyot sari harakatining , mustaqillik va milliy ozodlik kurashining gʻoyat zoʻr omilidir.
 
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, oʻz ichki va tashqi siyosatida B. gʻoyalariga sodiq tarzda jahondagi barcha xalqlar va millatlar b-nbilan doʻstona aloqalarni oʻrnatish hamda rivojlantirish yoʻlidan bormoqda. OʻzR ilgʻor mamlakatlar b-nbilan barcha sohada hamjihatlik, hamkorlik va birdamlikni barqaror etishga in-tilmoqda, xalqaro munosabatlarning umum tan olgan qoida va tamoyillariga rioya qilmoqda. Mamlakatda barcha fuqarolarning , ular millati va irqidan qatʼi nazar, oʻzaro ishonchi hamda birdamligini mustahkamlash, milliy-madaniy neʼmatlarini oʻzaro ayirboshlash yuzasidan izchil siyosat yuritilmoqda. Oʻzbekistonda jami 100 dan ziyod — rus, ukrain, belorus, qozoq, qirgʻiz, uygʻur, tatar, qoraqalpoq, tojik, nemis, koreys va b. xalqlarning milliy-madaniy markazlari, respublika milliy-madaniy markazi tashkil etilgan, barcha el-elatlarning maʼnaviy yuksalishi uchun teng imkoniyatlar yaratilgan.
 
== Adabiyotlar ==