Shilka: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

19-May 2013, 15:08 dagi koʻrinishi

Shilka — RF Chita viloyatidagi daryo, Zabaykalyeda. Amur daryosining chap irmogʻi. Ingoda va Onon daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Uz. 560 km, havzasining mayd. 206 ming km2. Daryo togʻlar orasidagi tor va chuqur oʻzanda oqadi. Asosan, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Yillik oʻrtacha suv sarfi 550 m3/sek. Noyab.dan muzlab, apr. oxiri — mayning boshlarida muzdan boʻshaydi. Sretensk shahri dan quyilish joyigacha kema qatnaydi, yogʻoch oqiziladi. Havzasida rangli metall va oltin konlari bor.