Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Shina (maʼnolari)}}
'''Shina''' (nem.) (texnikada) — avtomobil, traktor va boshqalar mashinalarning gʻidsiragi gardishiga kiygiziladigan rezina yoki rezinatoʻqimali pnevmatik qobiq; gʻildirakning yoʻl bilan tishlashishini taʼminlaydi, notekis yoʻllardagi turtki va zarbalarni yumshatadi. Kamerasiz va kamerali xillari boʻladi. Kamerali Sh., asosan, kamera, pokrishka va bort lentasidan iborat. Pokrishka karkas, protektor, yostiqsimon qatlam (breker), yon devorlar va bortlardan tashkil topadi. Karkas pokrishka uchun asos vazifasini bajaradi va kord qatlamlaridan yasaladi. Pokrishka kameraga nasos yordamida yuborilgan havo bosimiga qarshilik koʻrsatadi va uni shikastlanishdan saqlab turadi. Kamerasiz Sh.da havoning ichki bosimi taʼsirida pokrishka bortlari gʻildirak gardishi chetlariga zich tegib turadi, bu esa zarur germetiklikni (qavoning sizib chiqmasligini) taʼminlaydi.