Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
Oʻzbekiston Milliy Tiklanish Demokratik Partiyasi bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
Qator 1:
{{birlashtirishga|Oʻzbekiston Milliy Tiklanish Demokratik Partiyasi}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
OʻZBEKISTON "MILLIY TIKLANISH" DEMOKRATIK PARTIYASI (OʻzMTDP) — Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. 1995 yilning 3 iyunida boʻlib oʻtgan taʼsis qurultoyida tashkil topgan. OʻzMTDP teran milliy ruh va dunyoqarashga ega boʻlgan, ruhan va qalban vatanparvarlik gʻoyalarini, siyosiy jihatdan oʻz taqdirini oʻzi belgilashga, oʻz-oʻzini boshqarishga intilayotgan, oʻzligini anglash, milliy birlik va milliy tiklanishni muhim hayotiy maqsadlari deb ifoda etayotgan fuqarolarning qarashlari va manfaatlarini birlashtiradi. OʻzMTDP ziyolilar, milliy taraqqiyot yoʻlidan borayotgan mulkdor va tadbirkorlar, ijodiy faoliyat bilan mashgʻul intellektual mehnat sohasi vakillari, istiqlol gʻoyasiga sadoqatli yoshlar, oʻz manfaatlarini umummilliy manfaatlar bilan uygʻunlikda koʻrayotgan fuqarolar hamda partiyaning dasturiy maqsadiga xayrixoh boshqa ijtimoiy tabaqalarga suyanadi va ularning manfaatlarini himoya qiladi. Partiyaning oliy organi Qurultoy boʻlib, partiya Markaziy kengashi tomonidan kamida 5 yilda bir marta chaqiriladi. Qurultoylar oraligʻida partiyaning doimiy ishlaydigan rahbar organi — Markaziy kengash (hayʼat)dir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar partiya kengashlari partiyaning mintaqaviy tashkilotlari hisoblanadi. Shahar va tumanlarda Oʻz MTDPning shahar va tuman kengashlari faoliyat yuritadi. Partiya oʻz atrofiga 50 mingdan ortiq aʼzoni birlashtirgan (2005).