Qavs: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Qavs (maʼnolari)}}
'''Qavs''' (arab. — yoy, egilgan narsa) — oʻzbek tilida keng qoʻllanadigan, ikki elementli (qoʻshaloq), asosan, gap oʻrtasida va oxirida ishlatiladigan chegaralovchi tinish belgisi. Ochiluvchi va yopiluvchi qismlardan iborat. Dastlab u "Turkiston viloyatining gazeti"da 1873 yildan qoʻllangan, keyinchalik boshqa gaz., jur. va kitoblarda ham ishlatila boshlagan. Hoz. yozuvda asosan 2 xil shaklda ishlatiladi: a) odatdagi Q. () asosiy meʼyor hisoblanib, barcha yozuv shakllarida uchraydi; b) oʻrta Q. yoki katta Q. — [] va {} matematika, geometriya, kimyo va boshqalar fanlarda, shuningdek, Q. ichida Q. keladigan holatda uchraydi. Xususan, mat.da bu belgi amallarning bajarilishi tartibini belgilash uchun ishlatiladi. Mas, (5,2+4,8):0,5 (oldin qavs ichidagi amal bajariladi). Q.ning yopiluvchi (ikkinchi) qismi baʼzan yozma nutqda ketmaket keluvchi, sanaluvchi fikrlar, taʼriflarni raqamlashda (raqam yoki harf bilan) yakka, mustaqil holda ham qoʻllanishi mumkin.