Qibray: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Roma go (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 11:
| Vebsayt =
}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Qibray''' — Toshkent viloyati Qibray tumanidagi shaharcha (1973 yildan), tuman markazi. Toshkent shahridan 18 km shim.sharqda. Yaqin t.y. stansiyasi — Qodiriya (10 km). Aholisi 14 ming kishi (2004). Mahalliy rivoyatlarga koʻra "Qibray" (qadimda "Qiray") nomi qadimiy turkiy qabila nomidan kelib chiqqan.
 
Q.da sanoat, qurilish tashkilotlari, kichik, oʻrta biznes, yirik korxonalari va mikrofirmalar, qoʻshma korxonalar, Shreder nomidagi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining tokchilik va vinochilik filiallari, avtokorxona, MTP, dehqon bozori bor. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa, sport maktablari, litsey, kasbhunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, Mustaqillik maydoni, oʻquv sport kti, stadion, suzish havzasi va boshqalar sport inshootlari mavjud. Shahar oʻrtasidagi maydonda Xotira monumenti oʻrnatilgan. Tuman markaziy kasalxonasi, tibbiy tez yordam boʻlimi, poliklinika, markaziy dorixona, tugʻruqxona majmui va boshqalar tibbiy muassasalar bor. Shaharcha yaqinida bir qancha sanatoriy va dam olish uylari (shu jumladan, "Botanika", "Boʻston", "Umid gulshani", "Qibray", "Navbahor", "Energetik" va boshqalar) faoliyat koʻrsatadi. Q.dan Toshkent shahri gacha avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Toshkent — Xoʻjakent elektr poyezdi Q. yonidan oʻtadi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
[[Tasvir:Toshkent xaritasi 0008.png|thumb|250px|Toshkent markazi]]
[[Tasvir:Historical museum Tashkent.jpg|thumb|250px|Amir Temur nomidagi muzey Toshkentda]]
Qibray.
 
{{OʻzME}}