Sovet Armiyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Legobot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 6 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q43456 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
Qizil Armiya ([[Rus tili|ruschada]]: Krasnaya Armiya, yoki toʻliq nomi Raboche-krestyanskaya Krasnaya Armiya, yaʼni „ Ishchi-dehqonlarning Qizil Armiyasi“) [[Oktyabr Revolyutsiyasi]]dan keyin oʻzidan oldingi [[Rossiya Imperiyasi|Chor Rossiyasining]] xududida [[Bolshevik]] hukumat tomonidan asos solingan harbiy qoʻshinlardir. Bu armiyaning birinchi va asosiy maqsadlaridan biri tashqi kuchlar ([[Fransiya]], [[Buyuk Britaniya]], [[Chexoslavakiya]], [[AQSh]], [[Yaponiya Imperiyasi]])tomonidan qoʻllab quvvatlangan [[Oq Armiya]]ni magʻlub qilish boʻlgan. „Qizil“ soʻzi inqilobga aloqadorlikni bildirish uchun berilgan.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Qizil armiya''' — sovet hokimiyati harbiy kuchlarining 1918—46 yillardagi rasmiy nomi. Dastlab Rossiya IshchiDehqon qizil armiyasi deb nomlangan. 1918 yil fev.da tashkil topgan. Rossiyadagi fuqarolar urushi davrida Q.a.ning soni keskin ravishda ortib, 1918 yil oxirida 3 mln. 1920 yil kuzida 5,5 mln. kishiga yetgan. Keyinchalik qizil askarlarning miqdori ancha kamaytirilsa ham u dunyodagi eng katta armiyalardan biri sifatida oʻz mavqeini saqlab qolgan. Ikkinchi jahon urushi davrida fashizmga qarshi kurashda Q.a. asosiy rol oʻynagan. 1946 yilda u sovet armiyasiga aylantirilgan.
 
Q.a. Turkiston mintaqasida shoʻrolar hokimiyatini zoʻravonlik bilan oʻrnatish va saqlab qolishda "faollik" koʻrsatgan. Q.a.ning Xivaga qilgan hujumi va Buxoro bosqini natijasida mintaqa toʻla ravishda sovetlashtirilgan. Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat ishtirokchilari Q.a. otryadlariga qarshi mardonavor kurashsalarda, 1935 yilda ular butunlay magʻlubiyatga uchrashgan.
 
== Adabiyot ==
* Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
[[Ikkinchi Jahon Urushi]] tugagandan bir yildan keyin, yaʼni 1946 yilda, bu qoʻshinlar nomi Sovet Armiyasi ([[Rus tili|ruschada]]:Sovetskaya Armiya) deb oʻzgartiriladi va [[SSSR]] parchalanishiga qadar shu nom bilan yuritiladi.
 
[[Turkum:Sovet Ittifoqi]]
 
{{OʻzME}}