Qirgʻizlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Legobot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 47 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q484479 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 54:
|related = boshqa [[turkiy xalqlar]]
}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Qirgʻizlar''' — xalq, [[Qi[[rgʻiziston]]ning asosiy aholisi (2,23 mln. kishi). Oʻzbekiston (175 ming kishi), Tojikiston (64 ming kishi), RFda (42 ming kishi, 1990-y.lar oʻrtalari), shuningdek, Xitoyda (150 ming kishi, 1987 y.) yashaydi. Qirgʻiz tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar.
 
Qirgʻiz nomi ilk bor geegun shaklida xitoycha "Xanshu" ("Xan sulolasi tarixi"; mil. 1-a.) yilnomasida mil. av. 203 y.gi voqealar bayonida tilga olinadi. Q.ning kelib chiqishi haqida turli qarashlar mavjud, xususan ularning Yenisey qirgʻizlari deb atalmish xalqdan tarqalgani masalasi munozarali. Q.ning ilk etnik tarixi qad. qabila ittifoklari (hunlar, dinlinlar, saklar va usunlar) bilan bogʻliq. Turk xoqonligi va koʻchmanchi davlat uyushmalari davrida (6—10-a.), keyinchalik q. [[tarkibiga kirgan qabilalar Sayan-Oltoy]], [[Irtish boʻyi]], [[Sharqiy Tyanshanning turkiy aholisi orasida shakllanganlar]]. Q.ning bir qismi 9— 12-a.larda, katta qismi esa oʻrta asrlar davomida gʻarbga koʻchib, issiqkoʻl atroflari, Yettisuv havzasi, Tyanshan (Tangritog) yon bagʻirlari, Fargʻona vodiysining togʻoldi hududlari va Dashti Qipchoq oʻlkalariga borib joylashgan.
 
Q.ning asosiy qismi Tyanshan va Issiqkoʻl oraligʻini makon tutib, bu yerdagi bir necha turkiy qabilalar bilan birgalikda hoz. qirgʻiz xalqini tashkil qilgan. Qirgʻiz xalqi tarkibiga, shuningdek, Yettisuv va Movarounnahrning turkiy qabilalari, jumladan qarluqlar va uygʻurlar, keyinroq moʻgʻul qabilalari, 16—17-a.da esa kelib chiqishi qozoqnoʻgʻaylar bilan bogʻliq qabilalar kirgan. Q.ning bir qismi boshqa turkiy xalqlarning etnogenezida qatnashgan. Xususan, 92 oʻzbek urugʻiga oid shajaranomalarning barchasida qirgʻiz etnonimi qayd qilingan. Shuningdek, Oʻzbekistonning bir nscha viloyatlarida qirgʻiz nomi etnotoponim sifatida saqlanib qolgan.
 
Q. qoʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik, ayrim tumanlarda dehqonchilik bilan shugʻullangan (yana q. [[Qi[[rgʻiziston]]).
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
[[Qirg'izlar]] — ([[Qirg'iz tili|qir.]] kirgizdar; kirgiz) [[Turkiyzabon xalqlar|turkiy xalq.]] [[Qirg'izlar]] asosan [[Qirg'iziston]] hududida istiqomat qilishadi. [[Din|Dini]] [[Islom|Islom.]]
Qator 73 ⟶ 84:
== Manbalar ==
{{Reflist}}
 
{{OʻzME}}