Qozoq tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 97 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q9252 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 19:
|sil=
}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Qozoq tili''' — turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub tillardan; qoraqalpoq va noʻgʻay tillari bilan bir-galikda qipchoq tillarinnng qipchoq-noʻgʻay guruhchasini tashkil etadi. Qozogʻiston Respublikasining davlat tili. Asosan, Qozogʻiston, Xitoy, Oʻzbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Mongoliyada, shuningdek, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Afgʻoniston, Turkiya, Ukraina va b. mamlakatlarda tarqalgan. Q.t.da soʻzlashuvchilarning umumiy soni qariyb 9,5 mln. kishi.
 
Q.t.ning dialektik boʻlinishi haqida aniq bir fikr yoʻq: baʼzi manbalarda 2 ta, baʼzilarida esa 3 ta (shim.-sharqiy, jan. va gʻarbiy) lah-jaga boʻlinishi haqida fikrlar mavjud. Lahjalar leksik tarkibi va fonetik xususiyatlari jihatdan oʻzaro farq qiladi.
 
Q.t.ning fonetik xususiyatlari: 9 unli fonemaga ega, unlilar ohangdoshligi (lab singarmonizmi) va undoshlar assimilyatsiyasi mavjud, soʻz urgʻusi, asosan, dinamik xususiyatga ega. Boʻgʻinlar 3 turga ajraladi: ochiq, yarim yopiq va yopiq. Morfologik xususiyatlari: otlar kelishiklar bilan turlanadi, ot yasalishida affiksatsiya va kompozitsiya usullari mavjud boʻlsa, sifatlar leksik-semantik, morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi; son va olmosh turkumlari farqli belgilarga ega emas. Feʼllar morfologik tuzilishiga koʻra, tub va yasama feʼllarga boʻlinadi, feʼl turkumida 4 mayl (aniqlik, buyruq, istak va shart), 3 zamon (oʻtgan, hoz., kelasi) farqlanadi. ravishlar asliy va nisbiy turlarga boʻlinsa, yordamchi soʻz turkumlari umumturkiy xususiyatlarga ega. Sintaktik xususiyatlari: 4 xil sintaktik aloqa turi (moslashuv, munosabatlashuv, boshqaruv, bitishuv), 4 xil gap turi (darak, soʻroq, buyruq va undov) farklanadi. Gap boʻlaklari tasnifi va tavsifi, gapda soʻzlar tartibi umumturkiy qonuniyatlarga asoslanadi. Qoʻshma gaplar bogʻlovchisiz va bogʻlovchili turlarga boʻlinadi. leksik xususiyatlari: Q.t. leksikasining oʻz qatlamini qad. turkiy tillardan semantik va struktur-morfologik oʻzgarishlarga uchrab oʻtgan umumturkiy qatlam tashkil etadi, shuningdek, unda arab, fors, moʻgʻul, oʻzbek, tatar, rus va xitoy tillaridan oʻzlashgan soʻzlar qatlami ham mavjud.
 
Arab grafikasiga asoslangan yozma adabiy Q.t. 19-a. 2-yarmida paydo boʻlib, taniqli qozoq maʼrifatparvarlari Abay Qoʻnonboyev va Ibray Oltinsarinlar faoliyati tufayli 19-a. oxirida toʻliq shakllandi. Yozuvi 1930 y.gacha arab grafikasi asosida, 1930—40 ylarda lotin grafikasi asosida boʻlgan. 1940 y.dan rus grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan.
 
Ad. Musabayev G. G., Sovremennsh kazaxskiy yazmk, ch.1, Leksika, Alma-Ata, 1959; Musabayev G. G., Sovremenniy0 kazaxskiy yazik, ch.2, Fonetika i morfologiya, Alma-Ata, 1962;Tomanov M., Qazaqtan tarixi fammatikasi. Fonetika, Morfologiya, Almatn, 1981; Baskakov N.A., Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazmkov, 2-izd., M., 1969.
 
Abduvahob Madvaliyev, Isroil Poʻlatov.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
'''Qozoq tili''' — ({{lang-kz|Қазақ тілі}}) — [[turkiy tillar]] oilasiga mansub til. [[No'g'oy tili|Noʻgʻoy]] va [[qoraqalpoq tili|qoraqalpoq]] tillariga yaqin. [[Markaziy Osiyo]] ''(jumladan, [[Oʻzbekiston]])'', [[Xitoy]], [[Rossiya]], [[Ukraina]] va boshqa bir nechta mamlakatlardagi jami 8,5 million kishi tomonidan ona tili sifatida soʻzlashiladi.
Qator 27 ⟶ 42:
 
{{Turkiy tillar}}
 
{{OʻzME}}