Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 69:
|related = boshqa [[turkiy xalqlar]]
}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Qozoqlar''' — xalq, Qozogʻiston Respublikasining asosiy aholisi (6,54 mln. kishidan ziyod, 1990-y.lar oʻrtalari). Shuningdek, Oʻzbekiston (808 ming kishi), Turkmaniston (87 ming kishi), Qirgʻiziston (37 ming kishi), Tojikiston va RF (635,9 ming kishi)da; XXR (1115 ming kishi, 1990-y.lar oʻrtalari), Mongoliya (125 ming kishi) va b. mamlakatlarda yashaydi. Umumiy soni 9,42 mln. kishi. Qozoq tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar.
 
Q.ning etnogenezi turli koʻchmanchi qabilalarning uzoq muddat davomida aralashuvi sharoitida kechgan. Q.ning qad. ajdodlariga saklar, usunlar va b. kirgan. Milodning boshlarida Orol dengizidan gʻarbda Q. etnogeneziga taʼsir koʻrsatgan alanlar yashagan. 6—7-a.larda Qozogʻistonning jan.sharqida yashagan qabilalar Gʻarbiy Turk xoqonligi tarkibida boʻlgan. Bu davrda sharqdan turkashlar, telelar, qarluqlar va b. kelib joylashgan. 12-a. boshida Qozogʻiston hududiga qoraxitoylar (kidanlar) bostirib kirgan, ular mahalliy turkiy aholi bilan aralashib ketgan. 13-a.boshida moʻgʻullar istilosi davrida Moʻgʻuliston va Oltoydan naymanlar, keraitlar va b. qabilalar kirib kelgan. Oltin Oʻrda parchalanishi bilan 15-a. oʻrtasida, Oʻzbek xonligidagi oʻzaro nizolar natijasida bu qabilalarning katta qismi Jan.-Sharqqa, Moʻgʻuliston davlati tarkibiga koʻchgan. 16-a. boshida gʻarbga qaytib kelgan qozoq qabilalari Qozoq xonligiga birlashgan (oʻzbek qabilalari Shayboniyxon boshchiligida Oʻrta Osiyoga ketgan). Shu bilan qozoq elatining shakllanish jarayoni tugallangan. Q.ning qabila-urugʻlari tarixan 3 guruhga boʻlinib, alohida hududlarda yashaganlar. Ular juzlar deb atalgan (q.Katta juz, Kichik juz, Oʻrta juz). Asosiy mashgʻuloti koʻchmanchi chorvachilik, faqat jan.dagi (Sirdaryo boʻyidagi) baʼzi vohalarda sugʻorma dehqonchilik boʻlgan.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
Qozoqlar-([[Qozoq tili|qoz.]] qazaqtar /qɑzɑqtɑr/qazaq /qɑzɑq/) [[turkiy xalqlar|turkiyzabon millat.]] Qozoqlarning koʻpchiligi [[Qozog'iston]] hududida va [[Xitoy Xalq Respublikasi|Xitoy,]] [[O'zbekiston|Oʻzbekiston,]] [[Turkmaniston|Turkmaniston,]] [[Rossiya Federatsiyasi|Rossiya]] va Garbiy [[Mongoliya]] hududlarida istiqomat qilishadi.
== Tarixi ==
Qator 122 ⟶ 129:
 
{{Reflist}}
 
{{OʻzME}}