Amudaryo tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Amudaryo tumani''' - Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarki-bidagi tuman. 1957 y. 18 dek.da tashkil etilgan. A.t. shim.da Nukus tumani, sharqda Xorazm viloyatining Gurlan tu-mani, jan. hamda g‘arbda Turkmaniston-ning Gubadog‘ tumani b-nbilan chegaradosh. Mayd. 1,02 ming km2. Aholisi 126,1 ming kishidan ziyod (1999). A.t.da 1 shahar (Mang‘it), 1 shaharcha (Jumurtov), 10 ovul fuqarolari yig‘ini (Bobur, Do‘rmon, Quyuqqo‘pir, Nazarxon, Xitoy, Choyko‘l, O‘rta-qal’a, Qangli, Qilichboy, Qipchoq) bor. Markazi — Mang‘it sh.Tabiati. At. relefi, asosan, tekis-likdan iborat. Amudaryoning chap sohili bo‘ylab Jumurtov tizmasi joylash-452gan. Iqlimi keskin kontinental. Yanv.ning o‘rtacha t-rasi — 16, — 2G, iyulni-ki 27 — 32°. Yiliga o‘rtacha 100 — 110 mm yog‘in tushadi. A.t.da Qipchoqarna, Mang‘itarna, Qilichniyozboyarna kanalla-ri, Qorako‘lyop, Bog‘yop, Seityop, Oqoltin, Alieliyop, Eshonyop, Sho‘ryop, Halimbegyop, Ushinyop, Qumyop, Chatli-yop, Qizilyop, Ku-lotyop, Churchiyop, Qirqarqanyop, Xorazmyop, Quyi Tuvligayop, Jumuryop, Oltinyop, To-shyop, Alimboyyop, Qoraqalpoqyop, Bo‘zsuv ariklari bor. Bu kanal va ariqlar barcha xo‘jalik yerlarini suv b-nbilan ta’minlaydi. Yerlarni sho‘rlanish va botqoqlanishdan saqlash maqsadida kollektorlar qurilgan. Tuman hududidagi Shaharsafo, Orqako‘l, Qoracho‘tal, Choyko‘l, Tuzloq, Tojiqalko‘l, Baytuko‘l, Uzunko‘l, Sarichnugulko‘l, Oqseytbobo va Otajon ko‘llarida baliq, o‘rdak va b. qushlar ko‘p. Ko‘llardagi qamish va yakandan qurilish materiali sifatida foydalaniladi. Tuman hududi, asosan, soz va qumloq tuproqli bo‘lib, tol, terak, tut, gujum, qarag‘an, turang‘il, oqbosh, yantoq, ajriq, pechak, sho‘ra, kdmish, chirmovuq, semizo‘t, yakan, otquloq va b. o‘sadi. Qobon, shakal, buri, kemiruvchilardan sichqon, kala-mush, qushlardan qirg‘ovul, o‘rdak, g‘oz, qarg‘a, zog‘cha, chumchuq, ko‘kqo‘ton, kaptar, qumri, ko‘kkarg‘a, sariq chumchuq, to‘rg‘ay va b. yashaydi.Aholisi, asosan, o‘zbeklar; qoraqalpoq, qozoq, turkman, qirg‘iz, rus, tatar, koreys, tojik va b. millat vakil-lari ham yashaydi. 1 km2 ga o‘rtacha 132 kishi to‘g‘ri keladi. Shaharliklar 30,6 ming kishi, qishloq aholisi 95,5 ming kishi.Xo‘jaligi ko‘p tarmoqli. Sano-at korxonalaridan Mang‘it paxta to-zalash, g‘isht z-dlari, maishiy xizmat k-ti, Mang‘it ip-yigiruv va tikuvchilik k-tlari, Qoraqalpog‘istonda eng yirik xo‘jaliklararo qurilish boshqarmasi va 3 tuzatish-qurilish tashkilotlari va yirik qurilish tashkilotlari bor. A.t. Taxiatosh GRES va Mang‘it GES energi-yasidan foydalanadi. Tumanda 323 kichik korxona va 27 hissadorlik jamiyati mav-jud.Q.x.ning asosiy tarmoqlari pax-tachilik, pillachilik, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilikdir. Q.x.da sug‘oriladigan yerlar 39,1 ming ga, ekin-zorlar 36 ming ga, shu jumladan 21 ming ga yerga paxta, 1,5 ming ga yerga sabzavot, 2,8 ming ga yerga beda, 1,5 ming ga yerga sholi, 2,4 ming ga yerga makkajo‘xori ekiladi. A.t.da 18 jamoa xo‘jaligi, dehqon-fermer va shirkatlar uyushma-si, 296 dehqon-fermer xo‘jaligi va b. xo‘jaliklar bor (1997). Tuman jamoa va shaxsiy xo‘jaliklarida 46,2 ming qoramol, 4,7 ming qo‘y va echki, 77 ming parranda bor (1997). 1996/97 o‘quv yilida 83 umumiy ta’lim maktabida 33,6 ming o‘quvchi, 1 litseyda qariyb 400 o‘quvchi ta’lim oldi. 52 ommaviy va bolalar ku-tubxonasi, 21 klub, 36 kinoqurilma, 3 madaniyat uyi, 710 o‘rinli 6 kasalxona va dispanser, 6 ambulatoriya, 55 feldsher-lik punkti bo‘lib, ularda 327 vrach, 1077 o‘rta ma’lumotli tibbiy xodim ishlay-di. "Amudaryo haqiqati" tuman gaz. 1934 y.dan chiqadi (adadi 3000).
 
== Adabiyotlar ==