Boburnoma: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
{{birlashtirishga|"Boburnoma"}}
"BOBURNOMA" — jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik; o'zbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiyilmiy asar. Muallifi Zahiriddin Muhammad Bobur. Eski oʻzbek (chigʻatoy) tilida yozilgan (taxm. 1518/19—1530). "Boburiya", "Voqeoti Bobur", "Voqeanoma", "Tuzuki Boburiy", "Tabaqoti Boburiy", "Tavorixi Boburiy" kabi nomlar b-nbilan ham maʼlum. Boburning oʻzi esa "Vaqoye" va "Tarix" degan nomlarni ishlatgan. "B."da 1494—1529 y.larda Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindistonda sodir boʻlgan tarixiysiyosiy voqealar yilmayil oʻta aniqlik b-nbilan bayon qilingan boʻlib, ular muallif hayoti va siyosiy faoliyati b-nbilan bevosita bogʻlikdir.
 
"B." oʻzida bayon qilingan voqealar jarayoniga koʻra 3 qismga: Boburning Movarounnahr (1494—1504), Afgʻoniston (1504—24) va Hindiston (1524— 30)dagi hukmdorlik davriga boʻlinadi. Birinchi qismda Boburning otasi — temuriylarning Fargʻona ulusi hokimi Umarshayx Mirzo (1461—94) xususida hamda Boburning Fargʻona taxtiga oʻltirishi (1494 y. iyun), ammo Temuriylar davlatida avj olgan taxt uchun kurash oqibatida oʻz ulusidan mahrum boʻlishi (15-a. 90-y.lari), Samarqand uchun Shayboniyxonga qarshi olib borgan jangu jadallari (1497— 1501)ning behuda ketishi, va nihoyat, toju taxtdan butunlay ajrab, Hisor togʻlari orqali taxm. 250 navkar b-nbilan Afgʻonistonga yuz tutishi (1504) haqidagi voqealar batafsil zikr qilingan. Ikkinchi qismda Boburning Kobulni zabt etgani, soʻng u yerda mustaqil davlat tuzgani (1508), Eron shohi Ismoil Safaviyning harbiy yordami b-nbilan Samarqandni yana ishgʻol qilgani (1511), lekin shayboniylar (Ubaydulla Sulton, Muhammad Temur Sulton va Jonibek Sulton)dan yengilib (1512), Kobulga qaytgani, keyin esa Hindistonni zabt etishga hozirlik koʻra boshlagani xususidagi voqealar bayon etilgan. Uchinchi qism esa Boburning Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyni magʻlub etib (q. Panipat janglari), Shim. Hindistonni bosib olgani (1526) va Boburiylar davlatini barpo qilgani haqidagi maʼlumotlardan iborat.
 
"B."da keltirilgan barcha maʼlumotlar, xususan Fargʻona, Toshkent, Samarqand, Hisor, Chagʻoniyon va Shim. Afgʻonistonning 15-a. 80—90-y.lari va 16-a. 1choragidagi siyosiy ahvoliga doyr xabarlar oʻzining batafsilligi b-nbilan shu xususdagi boshqa adabiyotlardan tubdan farq qiladi. Shuningdek, asar muallifning muayyan tarixiy voqea haqida hamda oʻzaro dushmanlik qilgan temuriylar — Umarshayx, Sulton Ahmad, Sulton Mahmud, Boysungʻur Mirzo, Sulton Husayn va b.ning xulqatvori, tabiati xususida bildirgan fikrmulohazalari b-nbilan ham ahamiyatlidir. Asarda, ijtimoiytabiiy fanlar, tarix, falsafa, fiqh, din taʼlimoti, tilshunoslik, jugʻrofiya, tabiatshunoslik, maʼdanshunoslik, dehqonchilik, bogʻdorchilik va b.ga oid aniq va hanuzgacha oʻz tarixiy va ilmiy ahamiyatini yoʻqotmagan maʼlumotlar, ilmiy asoslangan xulosalar keltirilgan. Asarda bevosita Boburning oʻzi lashkarboshi sifatida qatnashgan bir necha kattakichik jang manzaralari mahorat b-nbilan berilgan. Oʻsha davrdagi qoʻshin tuzilishi, urush olib borish, jang usullari, qamal holatlari, qurolyarogʻ turlari, qurgʻonbuzar qurilmalar b-nbilan bir qatorda asarda koʻplab harbiymaʼmuriy istiloxlar (tuman, ulus, koʻkaltosh, eshikogʻa, axtachi, tarxon, shigʻovul, sharbatchi (sharbatdor), mubashshir, tugʻchi, miroxur, rikobdor, dorugʻa, murchil, manjaniq, oʻron va b.) ham uchraydi. Shuningdek, "B."da temuriylar qoʻshinining tuzilishi, harbiy sanʼati va b. haqida ham noyob maʼlumotlar bor. Bundan tashqari, Movarounnahr, Afgʻoniston, Xuroson va Hindiston oʻtmishi va zamonaviy holati, xalqlari, qabilalari, ularning tili, madaniyati, kasbhunari, urfodatlari, rasmrusumlari, anʼanaviy tadbirmarosimlari, shuningdek oʻsha davr jamiyatiga xos ijtimoiy tabaqalarga tegishli maʼlumotlar bayon etiladi. Ayniqsa Fargʻona, Andijon, Samarqand, Kobul, Hirot, Agra kabi yirik shaharviloyatlarning jugʻrofiymaʼmuriy tuzilishi, madaniy hayoti, tumanlari, aholisi, q.x., daryo va suv havzalari, choʻladirlari, togʻsahrolari, bogʻu rogʻlari, tabiati, iqlimi, hayvonot va oʻsimliklar dunyosi, tabiiy boyliklari haqida mufassal maʼlumotlar beriladi. Xususan 15—16-a.larda Turkiston viloyatida yashagan qora qoʻyluk (qoʻyunluk) qabilasining hamda Movarounnahrdagi turkmoʻgʻul qabilalarining urfodatlari, harbiy mahoratlari haqidagi maʼlumotlar, ayniqsa ilmiy jihatdan gʻoyatda qimmatli boʻlib, ular o'zbek, qozoq, qirgʻiz va b. turkiyzabon xalqlar etnik tarixini oʻrganuvchilar uchun muhim ahamiyatga egadir. "B." da Fargʻona, Samarqand sh.lari va shu nomdagi viloyatlar, Ohangaron vodiysi, Oʻratepa va uning atrofi, Mascho, Hisor, Chagʻoniyon, Badaxshon, Kobul viloyati va b. joylar geografik jihatdan gʻoyatda qiziqarli tavsif qilingan boʻlib, muallif oʻzi yurgan yoʻllar, oʻzi boʻlgan shahar va qishloqlarni gʻoyat darajada aniq tasvirlagan.
 
"B."da Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomip, Shayxim Suhayliy, Husayn Ali Tufayliy, Osafiy, Binoiy, Sayfiy Buxoriy, Ohiy, Muhammad Solih kabi oʻnlab ijodkorlar, Xoja Abdullo Marvariy, Qul Muhammad Udiy, Shayx Noyiy, Yusuf Ali, Mullo Yorak, Shohquli Gʻijjakiy, Husayn Udiy, Behzod, Shoh Muzaffar kabi koʻplab sanʼatkorlar tavsif etilib, ularning ijodiy faoliyatlariga xolis baho beriladi. Jumladan, Alisher Navoiy haqida shunday deyiladi: "Alisherbek naziri yoʻq kishi edi. Turkiy til bila to sheʼr aytibturlar,— hech kim oncha koʻp va xoʻb aytqon emas".
Qator 10:
"B." 15-a. o'zbek badiiy nasrining yorqin namunasi sifatida sof badiiy lavhalar, jonli tasvirlar, anʼanaviy lirik chekinishlarga boy. Nasriy matn ichida keltirilgan xalq maqolmatallari, iboralari, ibratli oʻgitlar, sheʼriy parchalar uning badiiyligini yanada oshiradi, oʻziga xos joziba bagʻishlaydi.
 
"B." 16-a.dan boshlab hoz.gacha dunyoning koʻp tillari — ingliz, golland, fransuz, fors, nemis, italyan, rus, hind, urdu va b. tillariga bir necha martalab tarjima qilindi, sharhizohlar b-nbilan nashr etildi. Angliya, Amerika, Fransiya, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston, Turkiya, Yaponiya kabi oʻnlab mamlakat olimlarining ilmiy tadkiqotlarida "B."ning insoniyat yaratgan oʻlmas obidalar qatorida alohida oʻrinda turishi taʼkidlanadi. "B."ningjahonga mashhur boʻlishida, asosan ingliz sharqshunoslarining xizmati katta boʻldi. Yevropadagina emas, balki jahonda birinchi toʻliq nashrini (ingliz tilida) 1826 y.da J. Leyden va V. Erskin amalga oshirdi. F. Talbot esa mazkur nashr asosida 2 marta (1878, 1909) uning qisqartirilgan nashrlarini chop ettirdi. 1921 y.da ingliz sharqshunosi A. Beverij "B."ni mustaqil suratda asl nusxadan qayta tarjima qildi. Birgina Angliyaning oʻzida "B." tarjimalari 9 marta nashr etildi.
 
Keyingi yillarda "B."ning prof. V. Takston tomonidan AQShda (Kembrij sh., Garvard unti, 1993) hamda ikki jild hajmda, mukammal soʻzlik, koʻrsatkich va sharhizohlar b-nbilan Yaponiyada (Kioto, 1995—96) ilmiytanqidiy matni nashr etildi.
 
Maʼlumki, "B." qoʻlyozmalari matnida baʼzi yillar (1504—05, 1509—18, 1520—24) tafsiloti uchramaydi, 1508 va 1520 y. voqealari bayoni tugal emas. Mana shu uzilish boʻlgan oʻrinlarni ingliz sharqshunoslari boshqa tarixiy manbalar asosida maʼlum darajada tiklaganlar. "B." forschaga (1586), undan parchalar Vitsen tomonidan golland tiliga (1705), A. Keyzer tomonidan qisqartirilgan holda nemis tiliga (1828), Pave de Kurteyl tomonidan toʻla holda fransuz tiliga (1871) tarjima qilingan. "B."ni tarjima qilish va tadqiq etishda, shuningdek Afgʻoniston (Abdulxay habibiy), Pokiston (Rashid Axtar Nadviy, Shoh Olam Mavliyot), Hindiston (Mirzo Nasriddin Haydar, Muhibbul Hasan Rizviy), Turkiya (R . R. Arat va N. I. Bayur) kabi mamlakatlar olimlarining xizmati ham katta. Rus sharqshunoslari (N. I. Pantusov, S. I. Polyakov, V. Vyatkin) ham "B." dan parchalarni tarjima qilganlar. N. I. Ilminskiy "B."ni Qozonda nashr ettirdi (1857).