Burmalangan oblast: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Burmalangan oblast''' — geosinklinal mintaqa rivojlanishining yagonaligi va bir vaqtda burma hosil boʻlishi b-nbilan ajralib turadigan bir qismi. Yer poʻsti harakatdagi zonalari — geosinklinal mintaqalari rivojlanishidagi qonuniy bosqich. Tektonik jarayonlarning rivojlanishi intensivligi bir xil emasligi sababli B. o. baʼzi bir davrlar — burmalanish davrlari b-nbilan bogʻliq. Mac, paleozoy davrining boshidan boshlab kaledon B. o. (asosiy burma hosil boʻlishi ordovik, silur va devon davri birinchi yarmida boʻlgan), gersin B. o. (paleozoy oxirida), mezozoy yoki kimmeriy B. o. (yura va boʻr davri boshlanishida) farq qilinadi. Tokembriyda ham bir kancha B. o. hosil boʻlgan. B. o.da burmalardan tashqari tektonik qoplamlar bor, togʻ jinslari regional metamorfizmga uchragan, kuchli magmatik jarayonlar sodir boʻlgan. B. o.ning maʼlum bir kismi platformalarning choʻkindi qoplami burmalanishidan yoki geosinklinal oblastning chekkalarida, shuningdek platforma ichkarisidagi burmalangan zonalar — avlakogenlarda (Donbass) tarkib topali. Oʻzbekistonda tokembriy, kaledon, gersin va kimmeriy B. o. mavjud.
 
== Adabiyotlar ==