Dezoksiribonuklein kislota: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Dezoksiribonuklein kislota''' (DNK) — nuklein kislopshparnnng bir turi. Tarkibida dezoksiriboza, azot asoslaridan adenin (A), guanin (G), sitozin (S) va timin (T) hamda fosfat kislota boʻladi. Barcha tirik organ izmlar hujayrasida uchraydi va koʻpchilik viruslar tarkibiga kiradi. Tirik organizmlarda irsiy belgilarni saklash va nasldan-naslga oʻtkazish vazifasini bajaradi. DNK ning nukleotidli tarkibi, yaʼni uning birlamchi strukturasi har bir organizm uchun oʻziga xos va qatʼiy individual boʻlib, biologik informatsiyaning kod shaklda (q. [[Genetik kod]]) yozilishidir. DNK ning genetik ahamiyatini dastlab O. Everi shogirdlari b-nbilan birga aniklagan (1944, AQSH). DNK tarkibidagi nukleotidlarning oʻzaro munosabati maʼlum qonuniyatlarga boʻysunadi. Bu qonuniyatlar E. Chargaff (AQSH) tomonidan aniklangan (1950). Bu kridaga asosan DNK dagi purin asoslarining yigʻindisi pirimidin asoslarining yigʻindisiga teng boʻlib, bunda A ning miqdori T mikdoriga va G ning mikdori S mikdoriga teng . Mazkur qoidalarga asoslanib D. Uotson va F. Krik DNK ning strukturaviy modelini kashf etishdi (1953). Bu modelga koʻra, DNK molekulasi qoʻsh spiral hosil qiluvchi ikkita polinukleotid zanjirdan tashkil topgan va har ik-kala zanjir bir umumiy oʻqqa ega. Zan-jirning bir oʻrami orasidagi masofa 34 A ga teng va 10 ta nukleotid krldi-gʻidan tashkil topgan (V-shakl). Polinukleotid zanjirlarning pentozafosfat guruhlari spi-ralning tashqi to-monida, azot asoslari esa ichki tomonida joylashgan. Polinukleotid zan-jirlar bir-biriga nisbatan teskari yoʻnalgandir. DNK ning bir zanjiridagi nukleotidlarning ketma-ketligi, ikkinchi zanjirdagi nukleotidlarning ketma-ketligini taʼminlaydi yoki ular komplementar (toʻldiruvchi) hisoblanadi. Komshtementarlik nuklein kislotalarning strukturaviy va funksional tuzilishida universal prinsip hisoblanadi. Koʻpchilik tabiiy DNK molekulalari qoʻsh zanjirli va toʻgʻri chiziqli holda uchrasada, birok, ular juda katta mol. m.ga ega boʻlgan molekulani kichik xdmda joylash uchun buklangan, halqa, superspiral va b. shakllarni olishi mumkin. Ayrim viruslar DNK si bir zanjirli boʻladi. Prokariotlar hujayrasida DNK bitta xromosomada mujassamlashgan boʻlib, mol. m.si 10’ dan ortiq va uz. taxminan 1 mm ga teng . Eukariotlar hujayrasidagi DNK asosan yadroda de-zoksinukleoprotein (DNP) shaklda boʻlib, xromosoma yoki xromatinning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Yadrodan tashqari DNK mitoxondriy va xloroplast tarkibida ham uchraydi. Abdukarim Zikiryoyev.
 
== Adabiyot ==