Diplomatiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Diplomatiya''' (frans. — davlatlarning tashqi siyosa,t sohasidagi vazifalarini amalga oshirish, shuningdek, chet elda huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi rasmiy faoliyati. "Diplomatiya" termini yunon tilidagi "ikki bukilgan qogʻoz" soʻzidan olingan. Qadimda Yunoniston va Rimda taxtakach muqova ichiga solingan xat elchilarga ular vakolatini tasdiqlovchi ishonch yorligʻi yoki hujjat sifatida takdim etilgan. Bu termin hozirgi maʼnoda Gʻarbiy Yevropada 18-a. oxirida rasm boʻlgan. D. davlat tashqi siyosatining eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi, ana shu siyosatning maqsad va vazifalari D. shakli va uslublarini belgilab beradi. Diplomatik faoliyatning asosiy shakllari: diplomatik kongresslar, konferensiyalar yoki kengashlar; nota, memorandum, bayonot va h.k. shakllardagi diplomatik yozishma; xalqaro shartnomalarni tayyorlash va imzolash; davlatning elchixonalar va missiyalar orqali amalga oshiradigan chet eldagi vakilligi; xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish; tashqi siyosiy masalalar boʻyicha hukumat nuqtai nazarini matbuotda yoritish. Diplomatik muassasalar va ularning masʼul xodimlari diplomatik imtiyoz va immunitetlardan foydalanadi. Xalqaro huquqqa binoan, diplomatik vakillarga oʻzlari ishlayotgan mamlakat ichki ishlariga aralashish man etiladi.
 
D.ning shakllanishi davlatnksh yuzaga kelishi, uning muayyan organlari va lavozimdor shaxslari faoliyati b-nbilan bogʻliq boʻlgan. Oʻzbek davlatchiligi tarixida chet ellar b-nbilan muntazam aloqalar yoʻlga qoʻyilganligi yaxshi maʼlum. Amir Temur davlati Fransiya, Angliya, Kastiliya, Konstantinopol, Genuya va Venetsiya b-nbilan elchilar orqali aloqalarni yoʻlga qoʻygan.
 
Oʻzbekiston mustaqil davlat boʻlgach, xalqaro munosabatlarning toʻla huqukli subʼyektiga aylandi. 120 dan ziyod davlat b-nbilan diplomatik aloqa oʻrnatdi (2002 y. yanv.). BMT, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va b. obroʻli xalqaro tashkilotlar va kengashlarga aʼzo boʻldi. Uning tashki siyosati, diplomatik faoliyati OʻzR Konstitutsiyasida belgilanganidek, davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch b-nbilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxleizligi, nizolarni tinch yoʻl b-nbilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik hamda xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan boshqa qoida va meʼyorlariga asoslanadi. Teng huquklilik, oʻzaro manfaatdorlik va oʻzaro hurmat Oʻzbekiston D.sining asosiy tamoyillaridir. OʻzR jahonda yangicha iqtisodiy tartib oʻrnatish, butun dunyoda, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida yalpi tinchlik va xavfsizlikni taʼ-minlash uchun, xalqaro terrorizm va giyohvandlikka qarshi kurashda jahon hamjamiyati b-nbilan birga faol harakat qilmoqda, bu yoʻlda barcha diplomatik kanallarni ishga solmoqda. Oʻzbekistonda D. kadrlari Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya un-tida tayyorlanadi.
 
== Adabiyot ==