Georg Wilhelm Friedrich Hegel: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa) Yangi maqola yaratildi |
DastyorBot (munozara | hissa) k imlo |
||
Qator 3:
G. oʻz taʼlimotini butun Gʻarb falsafasi rivojining yakuni, deb hisoblagan boʻlsada, aslida, uni Yangi davr Yevropa falsafasi taraqqiyotining soʻnggi, yuqori bosqichi deyish mumkin.
G. falsafiy taʼlimotida barcha tabiiy va ijtimoiy hodisa hamda jarayonlarning tubida "olamiy ruh", "olamiy aql", "mutlaq ruh", "mutlaq gʻoya", deb atalmish mavhum ruhiy ibtido borligini asoslashga harakat qilgan. Mazkur ruhiy ibtido shuning uchun ham olamiy, mutlaqki, uning mavjudligi hech qanday boshqa narsaga bogʻliq boʻlmay, u tabiat va jamiyat vujudga kelgunicha mavjud boʻlgan. Bu maʼnoda, "olamiy", "mutlaq" ruh tushunchasi "ilohiy ong" tushunchasiga hamohang va mutanosibdir. Faylasufning eʼtirof etishicha, falsafaning mazmuni, uning ehtiyoj va manfaatlari dinning ehtiyoj hamda manfaatlari
G.ning taʼkidlashicha, xudo barcha narsalarda mavjud boʻlib, u faqat sof tafakkurdagina, oʻzining mohiyatiga mutanosib shaklda, mukammal namoyon boʻladi. G. falsafasida yakun topgan mutlaq bilim xudoning inson timsolidagi "oʻzini oʻzi bilishdan" boshqa narsa emas.
Qator 9:
G. taʼlimotida rivojlanish "triada" — 3 bosqichlilik (tezis, antitezis va sintez) shaklida yuz beradi. Shunga muvofiq, mazkur falsafaning markaziy tushunchasi — "mutlaq ruh" dialektik rivojlanish jarayonida 3 bosqichni bosib oʻtadi: 1. "Mutlaq ruh" ning tabiat yaratilganiga qadar boʻlgan sof tafakkur bosqichi. 2. "Mutlaqruh" ning tabiatga aylanishi. 3. "Mutlaq ruh" ning tabiatiing inkori sifatida yana oʻziga qaytishi. G. taʼlimotiga binoan olam ruhiy tabiatga ega, uning rivoji shu sababdan ham yuz beradiki, sof ilohiy tafakkurning ichki mazmuni, muayyan bosqichda, unga hech ham mutanosib boʻlmagan jismiy borliq — tabiat shakliga oʻtadi va shu bois, uning uchun mudhish holat — ziddiyat vujudga keladi. Harakat — dialektik rivojlanishning muhim tamoyili boʻlib, u ayni ziddiyatning mahsulidir. Xuddi tabiatiing oʻzida ruhning undan, yaʼni oʻzining "oʻzgacha borligʻi — begonalashuvidan" yana "oʻziga qaytishi" boshlanadi. Oʻz hayotining ilk bosqichlarida hali tabiat qoʻynida boʻlgan inson ongning vujudga kelishi (fenomenologiya) natijasida oʻz mavjudligining ibtidoiy holatidan asta-sekin uzilib, koʻtarila, yuksala boshlaydi va u ruhiy mavjudot ("subʼyektiv ruh") sifatida, oʻzining bunday mohiyatini tegishli (anglovchi va xoxlovchi) xususiyati va uning mazmuniga mos tarzda payqamas, oʻzlashtirmas ekan, ibtidosi qanday boʻlsa, shundayligicha qolaveradi.
"Obʼyektiv ruh" ning koʻrinishlari ijtimoiy hayot shakllari — huquq, axloq, urf-odat va davlat ham xuddi shunday tadrijiylik jarayonlarini bosib oʻtadi. Bu yerda ham boshka joylardagidek,uchinchi bosqich uzidan avvalgi ikkitasining omixtasi (sintezi) hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda huquqiy mazmun
Xudo subʼyektivlik
G. falsafasida tabiat va tafakkurning , ayni paytda jamiyat dialektik rivojlanishining poydor tamoyillari — ziddiyat, sifat va mikdor oʻzgarishlari, inkorni inkor konunlari ifodalangan.
|