Germafroditizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Germafroditizm''', xunasalik [yun. Hermaphroditos —Germafrodit (Germes va Afrodita oʻgʻli; ikki jinsli bola)] —bir organizmda erkaklik va urgʻochilik jinsiy organlari boʻlishi. Chin (tabiiy) va soxta (anomal) xillari bor. Chin G. hayvonlar orasida keng tarqalgan. Qorinoyoqli mollyuskalar, yassi chuvalchanglar, kamtukli halqali chuvalchanglarning deyarli barcha turlari, bir qancha boʻshliqichlilar, moʻylovoyoqli qisqichbaqasimonlar, ayrim baliqlar germafrodit boʻladi. Chin G.da bitta organizmning oʻzida ikki xil (urgʻochilik va erkaklik) jinsiy hujayralar hosil boʻladi. Birok koʻpchilik turlarda oʻzoʻzidan urugʻlanishga monelik qiladigan, yaʼni yaqin inbridingga imkon bermaydigan mexanizmlar mavjud (mas, jinsiy hujayralarning bir vaqtda yetilmasligi, jinsiy apparatning tuzilishi urugʻ hujayrasining oʻsha organizm jinsiy organiga tushishga imkon bermasligi). Deyarli barcha xordali hayvonlar va odamda faqat soxta G. uchraydi. Soxta G.da muayyan jinsiy bezlar (moyak va tuxumdon) tashqi yoki ichki jinsiy organlarga mos kelmaydi. Soxta G. tashki va ichki boʻladi. Erkaklardagi tashki soxta G.da urugdon boʻladi-yu, lekin tashqi jinsiy organi ayollarnikiga bir qadar oʻxshab ketadi. Erkaklarning ichki soxta G.ida tuxumdon, yetilmagan prostata bezi va urugʻ pufakchalari b-nbilan birga bachadon naylari (urugʻ yoʻllari) ham boʻladi. Ayollar soxta G. kam uchraydi. Bunda tuxumdon boʻladi-yu, lekin tashqi jinsiy organ va ikkilamchi jinsiy belgilar qisman erkaklarnikiga oʻxshaydi.
 
Soxta G. b-nbilan tugʻilgan bolalar jinsini aniqlash qiyin. Buning uchun zamonaviy sitogenetik usullar yordamida odamning xromosomalari tekshiriladi. G. jarrohlik usullari va gormonal preparatlar b-nbilan davolanadi.
 
== Adabiyotlar ==