Gibbonlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Gibbonlar''' (Hylobatidae) — kichik odamsimon maymunlar oilasi. Oldingi oyoqlari haddan tashqari uzun (yoyilganida 2 m gacha). Dumi yoʻq, kichkina quymich qadogʻi bor. 2 urugʻi: asl G. (Hylobates)ra 6 tur, nisbatan yirik siamang yoki yopishgan barmoqlilar (Symphalangus)ra 1 tur (S. Syndactylus) kiradi. Asl G. erkagi tanasining uz. 40— 64 sm, vazni 4—8 kg , siamanglarniki — 47—60 sm, vazni 9,5—12,5 kg (20 kg gacha). Jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlanmagan. Yungi qalin, rangi har xil: kulrang yoki sargʻish-qoʻngʻir tusdan qora ranggacha (sidirgʻa tusli G. va siamangda). Asl G.— Jan. Xitoy, Hindixitoy, Sumatra, Yava, Kalimantan o.larida; siamang esa Sumatra o. va Malakka ya. o.da tarqalgan. G. juft yoki 6 tadan, baʼ-zan 20—30 tadan boʻlib daraxtlarda yashaydi, juda yengil va tez harakat qiladi. Oʻsimliklarning mevasi, barglari, kurtaklari, gullari, hasharotlar, qushlarning tuxumi, joʻjalari b-nbilan oziqlanadi. Uya qurmaydi, shoxlardagi qalin. barglar ustida uxlaydi. Ovozi, ayniqsa katta boʻgʻiz xaltalariga ega boʻlgan qora G. va siamangda juda baland. Boʻgʻozlik dari 210—235 kun. 5— 10 yoshida jinsiy voyaga yetadi, 30—35 yil yashaydi. Qalpoqchali gibbon (N. pileatus), bir xil tusli gibbon (N. concolor), kloss gibbon (N. Klossii) Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
 
== Adabiyotlar ==