Gumbaz: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa) k Boshqa maʼnolari qoʻshildi |
DastyorBot (munozara | hissa) k imlo |
||
Qator 2:
'''Gumbaz''' — qubba shaqlidagi suyri fazoviy hajmdagi tom. Tarhi aylana, chorsi, toʻgʻri toʻrtburchaqli, muntazam koʻpburchaqli boʻladi. Shuningdek, koʻpburchaqli xona va katta inshootlar devorlari ustida, baʼzan ustunlarni birlashtirgan doirasimon qurilma poygumbaz ustida davra koʻrinishida xom gʻisht, pishiq gʻisht, tosh, beton va b. materiallardan sirti silliq, qirrali, qovurgʻali piltavor koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Tarixan G. paydo boʻlishi (genezisi), taraqqiyot yoʻllari, zarurati 3 sabab
G.ning ilk namunalari ibtidoiy odamlar boshpanalari — tabiiy gʻorlarda, keyinchalik yertoʻlalarda, yogʻoch va xaschoʻplardan, qamish, hayvon terisi, kigiz yopilgan oʻtov kabi kulbalarda mujassam topib, ijtimoiy taraqqiyot mobaynida shaqli murakkablasha borgan. Dunyo xalqlari meʼmorligida G.ning oddiy pogʻonali, davra, suyri, bagʻal (parus, tromp)larga ishlangan va b. turlari uchraydi. G. binoga tashqi va ichki tomondan mahobat bagʻishlaydi.
Oʻrta Osiyodagi gumbazlar shaklu shamoyilini kuzatib, tahlil etganda qad. turkiylarning shu yoʻnalishdagi meʼmoriy ijodkorlikka qoʻshgan barakali hissasi borligini sezish mumkin. G.lar ibtidosida inson tafakkuri
Yunoniston va Rim meʼmorligida chorsi, davra xonalar ustini berkitish uchun yarim sferik (yarim shar) shaqlidagi gumbaz turlari katta jamoat va diniy binolarda keng ishlatilgan. Rimdagi Panteon (mil. 125 y.)ning katta davra binosi rotondasi ustiga oʻrnatilgan yarim sferik G. eng qad. gumbaz hisoblanadi. G.ni bildiruvchi italyan atamasi "kupola" (cupola — bochka) jahon meʼmorligi lugʻatiga kirgan. Istanbuldagi mashhur Ayo Sofiya ibodatxonasining ulkan G.i ham eng qad. gumbazli binolar qatoriga kiradi.
Oʻrta Osiyoda saqlangan qad. meʼmoriy yodgorliklar — mahobatli jamoat binolari (saroy, masjid, xonaqoq, karvonsaroy, maqbara, hammom va b.), sardobalarda G.ning balxi gumbaz, charxi gumbaz, chortark gumbaz, chorkunjak gumbaz, piltavor, gʻarovli, kuloqiy, mirzoiy, shalgʻamiy turlari, ayrimlarida qoʻsh (ichki va tashqi) G. ham mavjud. Saroy, masjid, Madrasa va b. binolar, maqbaralarning asosiy katta xonasi — xonaqohi mehrobiy G.
Mustaqillik davri meʼmorligining ijobiy badiiy jihatlaridan biri G. shaqlidan dadil va keng foydalanishda kuzatilmoqda. Ayniqsa, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekistan milliy bogʻidagi meʼmoriy shiyponi ustiga oʻrnatilgan piltavor G. juda oʻrinli va xushbichim chiqqan. G. shaqlidan foydalanish meʼmorlik soxasida yangi-yangi ijodiy imkoniyatlarni ochib bermoqda.
|