Neʼmat Ibrohimov — versiyalar orasidagi farq

k
imlo
(Yangi maqola yaratildi)
 
k (imlo)
'''Ibrohimov Neʼmat''' (1925, Toshkent) — yogʻoch oʻymakori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969). Otasi usta Ibrohimjon Zokirovdan hunar oʻrgangan. I. ijodida anʼanaviy naqsh sanʼati (islimiy naqshlar) ni keng qoʻllab, uni yangi ohanglar b-nbilan boyitgan, maho-batli oʻymakorlik sanʼatini rivojlantirdi. Juftlama eshiklar, devoriy namoyonlar va b. yaratgan, ularning bezak mujassamotida yirik yoʻllar hosil qiluvchi ohanglar qatorida mayda nafis naqsh tasvirlarini ham qoʻllagan, 2—3 qavatli ta-baqa pardoz usulidan keng foydalangan. 1950 y. dan I. yaratgan ishlari (kitob javoni, stol va b. buyumlar) b-nbilan koʻrgazmalarda qatnashadi. 1966 y. Toshkent zilzilasidan keyin shaharni qayta qurish ishlarida faol ishtirok etdi. Vazirlar Mahkamasi binosi kinoleksiya zaliga 10 ta namoyon (1967), "Rossiya" mehmonxonasi uchun namoyon, Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi uchun ikki eshik (1968; Hamza mukofoti, 1968) hamda namoyonlar (1974, 1978), hoz. Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi binosining ichki bezaklari (1970), "Oʻzbekistan" mehmonxonasi uchun eshiklar (1980), Oʻquvchilar va bolalar saroyi uchun eshik va panjara (1982), "Shirin" qahvaxonasi uchun eshik (1984) va b. yaratdi. Ishlaridan namunalar respublika muzeylarida saqlanadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
516 159

ta tahrir