Ichkari — versiyalar orasidagi farq

k
imlo
(Yangi maqola yaratildi)
 
k (imlo)
'''Ichkari''' — musulmon mamlakatlarida ayollarni nomahram erkaklarga koʻrsatmaslik maqsadida toʻsilgan qovlining ichki qismi, ichki hovli. I.da, asosan, ayollar va bolalar yashagan. Oʻrta Osiyo xalqlari meʼmorligida uy-joy tuzilishining ajralmas qismi. Tashqi hovlining uzviy davomi. I. oʻrta asrlarda shariat qoidalariga koʻra, ayollar va balogʻatga yetgan qizlar istiqomat qiladigan joy hisoblangan. Unda yotoqxona, oshxona, omborxona va b. joylashgan. Tashqari hovlida erkaklar yashagan. I. va tashqari hovli oʻrtasida eshik boʻlib, bundan begona erkaklarning kirishi qatʼiyan taqiqlangan. Xonadonning I. va tashqariga boʻlinishi xon saroylaridagi haramdan tortib, kambagʻal kishilarning hovlilarigacha xos edi. Kosib, dehqon, hunarmandlar, juda bulmaganda, oʻz kasbikori uchun ajratilgan binoning hovli tomonini biror narsa b-nbilan toʻsib I.ga ajratardi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
516 159

ta tahrir