Inersial sanoq sistemasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Inersial sanoq sistemasi''' -Nyutonning birinchi qonuni bajariladigan sanok, sistemasi. Bunda har qanday jism oʻzining tinch holatini yoki toʻgʻri chiziqli tekis harakatini unga boshqa jism tomonidan taʼsir koʻrsatilib, uning shu holatini oʻzgartirishga majbur qilmagunicha saklaydi. Inersial sistemaga nisbatan toʻgʻri chizikli va tekis harakatlanayotgan har qanday sistema ham inersial sistema hisoblanadi. Tabiat qonunlarining ifodalari turli I. s. yeda bir xil koʻrinishga ega (q. [[Nisbiylik prinsipi]]); moddiy nuqtaning tezligi yorugʻlik tezligidan koʻp marta kichik boʻlganda uning turli I. s. s.ga nisbatan harakatlari orasidagi boglanish Galiley almashtirishlari b-n, tezligi yoruglik tezligiga yaqin hollarda esa Lorens almashtirishlari b-nbilan ifodalanadi.
 
Har qanday yakkalangan sistemani I. s. s. sifatida qabul qilish mumkin. Ammo tabiatda tashqi taʼsirlardan xoli mutlak, yakkalangan sistema mavjud boʻlmagani uchun I. s. s. ideallashtirilgan mavhum tushunchadir. Amalda I. s. s. sifatida taqriban Yer, Kuyosh, galaktika markazi yoki tekis harakatlanayotgan poyezd qabul qilinadi va ularga nisbatan jismlar harakati oʻrganiladi. Mac, osmon mexanikasi va kosmonavtika masalalarini hal qilishda I. s. s. sifatida, asosan, Quyosh massasining markazi qabul qilinib, ularning oʻk/1ari uchta yulduzga qaratiladi. Koʻpgina masalalarni hal etishda I. s. s. sifatida Yer qabul qilingan. Shunday qilib, turli moddiy sis-temalar turlicha darajada inersialdir.