Infeksion kasalliklar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 6:
I. k.ning chinakam sabablari 19-a.
 
ning 2-yarmida L. Paster, R. Kox, I. I. Mechnikov va b. olimlarning ishlari b-nbilan isbot qilindi. Baʼzi kasalliklar (vabo, ich terlama, paratif, dizenteriya va b. ichak infeksiyalari) hazm yoʻli orqali (bemorlar najasi tushgan suv va oziq-ovqat yoki shu najas zarralari tekkan yuvuqsiz qoʻl orqali) yuqadi. Bemor yoʻtalganda, aksa oʻrganda, soʻzlashganda chiqadigan mayda shilimshiq zarralari havo b-nbilan nafas yoʻllariga kirishidan kelib chiqadigan kasalliklar (tomchili infeksiyalar)ga gripp, koʻkyoʻtal, parotit, difteriya, qizamiq va b. kiradi. Baʼzi kasalliklarqon soʻrar hasharotlar (bit, chivin, burga, kana, iskabtopar va h. k.) orqali yuqadi (bezgak, toshmali terlama, qaytalovchi terlama, kana va chivin orqali yuqadigan ensefalitlar, iskabtopar isitmasi va h. k.). Bemorga yakin yurganda yoki uning sochigʻi, idishtovogʻi va b. buyumlaridan foydalanganda yuqadigan kasalliklar (tanosil kasalliklari, kuydirgi, kal yara va b.) alohida guruhni tashkil etadi. I. k. bir necha kun (gripp, qizamiq, iskabtopar isitmasi) yoki bir necha hafta (ich terlama, toshmali terlama va b.) davom etishi yoki oylab va hatto, yillab choʻzilishi mumkin (sil, moxov, zaxm). I. k. kelib chiqishi organizmga kirgan patogen mikroblarning soniga, viru-lentligiga, kirgan joyiga, kishining yoshiga, infeksiyaga moyilligiga, shuningdek, mikrob atrofidagi tashqi muhit sharoitiga (noqulay sharoitda mikrobning virulentligi kamayadi) bogʻliq. I. k.ning paydo boʻlishi va uti-shida ijtimoiy sharoit (uy-joy, ovqatlanish tarzi, madaniy saviya, tibbiy yordam) hal qiluvchi rol oʻynaydi. Shu sharoitning oʻzaro taʼsiriga qarab I. k.ning turli (tipik — rostmana, yengil va b.) shakllari na-moyon boʻladi. I. k.ning oʻtishida inku-batsion davr, kasallik simptomlarining paydo boʻlish va oshib borish davri, kasallik avjiga chiqqan davr, kasallikning soʻnish davri va sogʻayish davri farq qilinadi. I. k.ning har birida shu davrlarning oʻziga xos xu-susiyatlari bor. Ich terlama kabi baʼzi I. k. mikrobi ogʻrib oʻtgan organizmda saqlanib qoladi va tevarakatrofdagi muhitga chiqaveradi. Koʻpgina I. k.dan keyin immunitet qoladi. Mac, I. k.ni aniqlashda kasallikning klinik belgilari, lab.da tekshirish natijalari va epidemiologik maʼlumotlar asos qilib olinadi. Bemorlar maxsus jihozlangan infeksion kasalxonalarda davolanadi. I. k.ga qarshi kurashda profilaktika tadbirlari hal qiluvchi rol oʻynaydi.
 
I. k.ning yanada tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik uchun shunday kasalliklar b-nbilan ogʻrigan bemorlar yoki shunday kasallik bor deb gumon qilingan kishilar kasalxonada yoki uyida ajratib qoʻyiladi. Toun (chuma), vabo (xolera), toshmali terlama (toshmali tif), ich terlama (qorin tifi), paratif, dizenteriya, virusli gepatit, difteriya va b. kasalliklar topilgan yoki gumon qilingan kishilarni maxsus sanitariya transportida kasalxonaga olib borib yotqizish shart. Gripp, qizamiq, koʻkyutal va b. baʼzi I. k. b-nbilan ogʻrigan bemorlarni alohida xonaga yotqizish, tegishlicha parvarish qilish va dezinfeksiya oʻtkazib turish sharti b-nbilan uyida ajratib qoʻyish mumkin.
 
Sanatoriylar, dam olish uylari, bolalarni sogʻlomlashtirish muassasalari, bolalar bogʻchalari va yaslilarda, shuningdek, kasalxonalarning terapiya, xirurgiya, pediatriya va b. (infeksion boʻlimidan tashqari) boʻlimlarida izolyator jihozlanadi. Ayniqsa, xavfli infeksiyalar (toun, vabo) b-nbilan ogʻrigan bemorlarga yaqin yurgan kishilarni oʻsha kasalliklarning inkubatsion davriga teng keluvchi muddat b-nbilan ajratib qoʻyish shart. Boshqa infeksion kasalliklarda bemorlar turli muddat b-nbilan ajratib qoʻyiladi (jadval).
 
LA.Majidov V. M., Yuqumli kasalliklar, T., 1996; Shovahobov Sh. Sh., Yuqumli kasalliklar va epidemiologiya asoslari, T., 1997.