Kartoshka: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 5:
K. oziq-ovqat va yem-xashak sifatida, shuningdek, kraxmal, spirt, glyukoza, dekstrin va b. mahsulotlar olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. K. tuganagi tarkibida 75—80% suv, 23,7% quruq modda, shu jumladan, 17,5% kraxmal, 1—2% oqsil, 0,5% qand moddasi, 1% mineral tuzlar, shuningdek V,, V2, V6, S, RR, D vitaminlari va provitamin A (karotin), poʻstida esa zaharli modda — solonin bor. K. kishilarning oziq-ovqat ratsionida muhim oʻrinda turadi. Fiziologik tavsiya normalariga koʻra, bir kishi uchun yillik K. isteʼmoli mikdori 45 kg ni tashkil etadi.
 
K. namsevar (ayniqsa, gullash va tuganak tugish davrida), yorugʻsevar, bir qadar sovuqqa chidamli oʻsimlik. Tuproqda tuganakdagi kurtaklari 5—8° da una boshlaydi. Tuganaklari va urugʻidan koʻpayadi. Meristema usuli b-nbilan virussiz urugʻlik olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
 
K. oʻsimligi boʻyi 50—80 sm, 3—6 poyali. Poyasining yer ostki qismida yer osti novdalar — stolonlarda tuganaklar — K. paydo boʻladi. K.si okdan to qizil tusgacha va turli shaklda bulib, sirtidagi chuqurcha — koʻzchalaridan kelgusi yil yangi poyalar oʻsib chiqadi. Ildizi popuk ildiz tipida. Barglari juft patsimon bulingan, sargʻish-yashildan toʻq yashilgacha. Guli 2 jinsli, oq, och binafsha tusda, 2—3 tadan, baʼzan 4 tadan joylashgan. Oʻzidan, goho chetdan changlanadi. Oʻzbekiston sharoitida K.ning koʻp navlari gʻunchalari toʻkilib, gullamaydi. Mevasi 2 chanoqli, koʻp urugʻli, sersuv rezavor.