Karvonsaroy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Karvonsaroy''' — karvonlar toʻxtab, tunab oʻtadigan rabot, saroy. Yaqin Sharq, Oʻrta Osiyo, Zakavkazye shaharlari savdo yoʻlida barpo etilgan. K.lar, odatda, oʻrtada katta hovli, atrofi bir-ikki qavatli hujralar b-nbilan oʻralgan, minorali qalʼaband istehkom shaklida boʻlib, savdo manzillarida va shahardagi bozor (tim, toq)lar qatoriga qurilgan. 9—18-a.larda shaharlarning oʻsishi va karvon savdosining kuchayishi natijasida K.lar koʻplab bunyod etilgan. Arab sayyohlari Istahriy va ibn Xavqallarning maʼlumotiga koʻra, 10-a.da savdo markazi hisoblangan Movarounnahrda 10 mingdan ortiq K.lar boʻlgan (yana q. [[Rabota Malik]], [[Doya xotin karvonsaroyi harobalari]], [[Ollaqulixon karvonsaroyi va timi]]). Temir yoʻl va b. zamonaviy transport rivojlanishi natijasida K.lar oʻz ahamiyatini yoʻqotgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==