Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 3:
"Aranyakalar" (aynan "Oʻrmon kitobi") jamiyatdagi jabr-zulmdan, gʻarazli, tuban, mol-dunyoga oʻch odamlardan oʻrmonlarga qochib, yolgʻizlikda yashaganlarga bagʻishlangan.
 
Upanishad (maxfiy taʼlimot)lar asosan falsafiy-diniy risolalardir. Upanishadlarda falsafiy masalalar ancha keng yoritilgan boʻlib, hindlar tangrisi Brahma (Beruniyda — Barohim) borliqning ibtidosi va intihosi, barcha mavjudotlarning asosi, deb ulugʻlanadi. Upanishadlarga koʻra, moddiy olam, shu jumladan, inson ham Atma-Brahmadan paydo boʻlgan va oʻshanga qaytadi. Bu fikr islomdagi — sufiylar (Ibn Arabiy, Mansur Halloj va b.)ning butun borliq Allohning tajalliysi, jamoli, yaxshi, pok insonlar haq visoliga yetishib, u b-nbilan qoʻshilib ketadi, degan fikrlariga uygʻundir. Upanishadlarda aytilishicha, inson bunga erishish uchun muayyan axloqiy mezonlarga, karma va dharma taʼlimotiga rioya qilishi kerak. Upanishadlarga koʻra, har bir inson oʻzidagi ilohiy dharmalarga muvofiq yashaydi. Agar inson bu dunyodagi hayotida pokiza, ezgu niyatlar b-nbilan yashasa, qaytadan dunyoga kelishda yana inson boʻlib keladi. Aksincha boʻlsa, odam tuban, hayvoniy ishlar qilsa, keyingi kelishida joni hayvonga koʻchadi. Beruniy "Hindiston" asarida yozishicha: shu tabaqalar (brahmanlar, kshatriy-harbiylar, vayshya — dehqonlar, chorvadorlar, shudra — quyi tabaqa vakillari)dan kimning xalos boʻlishga tayyor va loyiq ekani haqida hindlarning fikri turlichadir. Baʼzi vedashunoslar brahmanlar va kshatriydan boshqalar qutulish (najot)ga qobil emas, chunki V.ni oʻrganishga faqat ular haqli xolos, deydilar.
 
Ansoriddin Ibrohimov.