Yenotsimon it: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Yenotsimon it''' (Nyctereutes procyonoides) — yirtqich sut emizuvchilar turkumining itsimonlar oilasiga mansub hayvon. Tanasining uz. 65— 80 sm, dumi 15—25 sm, ogʻirligi 4— 10 kg , oyoklari qisqa, boʻyi past. Boshining ikki tomonidagi junlar "chakka soqol" hosil qiladi. Moʻynasi sargʻish, toʻq kulrang yoki koʻpincha qora. Rossiya, Yaponiya, Xitoy va Koreyada tarqalgan. Oʻrta Osiyo, Belorussiya, Ukraina, Kavkaz va Oltoyda iqlimlashtirilgan. Oʻzbekistonda daryo va koʻllar boʻyidagi qamishzorlarda, butazorlar va toʻqaylarda uchrab qoladi. Yerni kovlab uya yasaydi. Koʻpincha boʻrsiq yoki tulkining tashlab ketgan uyalaridan va tabiiy boshpanalardan foydalanadi. 5—6 tasi toʻplanib, qishni karaxt holda oʻtkazadi. Mayda jonivorlar va oʻsimliklar b-nbilan oziqlanadi. Martda urchiydi. Homiladorlik davri 64 kun, 6—8 tagacha bola tugʻadi. Bahorda tullaydi. Moʻynasi uchun ovlanadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==