Yerni ishlash: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa) Yangi maqola yaratildi |
DastyorBot (munozara | hissa) k imlo |
||
Qator 1:
'''Yerni ishlash''' — ekinlarning oʻsishi uchun eng qulay sharoit yaratish va unumdorligini oshirish maqsadida tuproqqa mexanik taʼsir koʻrsatish usullari. Ye. y.dan asosiy maqsad oʻsimliklar ildizining yaxshi rivojlanishi uchun yerning haydalma qatlam tuzilishini va tuproqning tuzilma xossalarini oʻzgartirish, tuproqning yuza qatlamidagi oziq moddalarni oʻsimlik ildizi tarqaladigan qatlamlarga tushirish yoʻli
Yerni asosiy, maxsus vayuza ishlash usullari bor. Yerni asosiy ishlash deganda, oldingi ekin yigʻib olingandan keyingi dastlabki eng chuqur haydash tushuniladi. Eroziyaga uchramagan yerlarda bu, odatda, qatlamni agʻdarib haydashdir. Yerni maxsus ishlashning usullari frezerli, plantajli, qatlamlab haydash (mas, qoʻsh yarusli)dan iborat. Yuza ishlashda yumshatish chuqurligi baʼzan 12—14 sm yuza yumshatish, kultivatsiyalash, boronalash, shleyflash usullaridan foydalaniladi. Yerni ishlashning alohida olingan har bir usuli bir yoki bir nechta texnologik operatsiyani oʻz ichiga oladi va yerni ishlashdagi barcha vazifalarni taʼminlay olmaydi. Shu sababli Ye. i.da bir necha usuldan foydalanish zarurati kelib chiqadi. Tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan, izchillik
E. i.ning texnologik operatsiyalari: qatlamni agʻdarish, yumshatish, aralashtirish, zichlash, tekislash, begona oʻtlar ildizini kesish, egat, ariq, joʻyak olish, qatlam yuzasida angʻizni saqlash va b.dan iborat.
Qatlamni agʻdarish, yaʼni tuproq qatlamlarini almashtirish agronomik xossalari
Angʻiz qoldiqlarini, chim, oʻgʻitlarni, begona oʻtlar urugʻini, kasallik qoʻzgʻatuvchilar va zararkunandalarni dastlabki rivojlanish davridayoq tuproqqa koʻmib yuborish uchun ham qatlamni agʻdarish zarur. Buning uchun dalalar agʻdargichli plugda haydaladi. Yerni qoʻsh yarusli plugda 35—40 sm yoki chimqirqarli plugda 30—40 sm chuqurlikda agʻdarib haydash yaxshi Samara beradi. Yerni yumshatish dalada traktor va mexanizmlar koʻp marta yurib oʻtishi, kuzqishda va bahorda koʻp yogʻin yogʻishi, vegetatsion va shoʻr yuvishdagi sugʻorish natijasida tuproqning haydalma qatlami va haydalma qatlam osti juda zichlashib ketganda amalga oshiriladi. Bu ish alohida yoki boshqa operatsiyalar (agdarish, aralashtirish)
== Adabiyot ==
|