Zardusht: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa) k Birlashtirish andozasi almashtirildi |
DastyorBot (munozara | hissa) k imlo |
||
Qator 1:
{{birlashtirish|Zoroastr}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
'''Zardusht''', Zaratushtra (Avesto tili boʻyicha), Zoroastr (yun.) (mil. av. taxm. 618, Xorazm — mil.av. 554, Balx)— zardushtiylik asoschisi; Movarounnahr, Xuroson va Eron xalklarining birinchi voizi, shoir, din peshvosi; paygʻambar. 3. Spitama urugʻining raisi Purushasp xonadonida tugʻilgan. Onasining nomi Dugʻdova. 3. 15 yoshgacha zamonasining donishmandi Barzin Kuras qoʻlida diniy qonunlar, tabiatshunoslik, voizlik, kalomi badiʼ fanlari boʻyicha taʼlim oladi, harbiy xunarlarni egallaydi. 16 yoshida Turon — Eron jangida ishtirok etadi. Oʻz qavm va qabilalari peshqadam vakillarining koʻpxudolik udumlariga qarshi harakatiga qoʻshildi va 19 yoshida yakka tangrini kashf etish umidida Sablon togʻiga chiqib ketadi. 20 y. gʻorda yashaydi. Rivoyatlarga koʻra, 3. navroʻz kunlarining birida kohinlar boshchiligida muqaddas ichimlik — "Hum" tayyorlashga kirishgan. Erta tongda u daryodan suv olish uchun qirgʻoqqa tushgan. Suv olib boʻlgach, koʻziga qirgʻokda turgan porloq xilqat — "Vohumana" koʻrinadi va uning sehrli nuriga ergashadi. Nihoyat, u ezgu va ulugʻ xudo Ahuramazda huzuriga boradi. Ahuramazda oʻzining butun borliqni yaratgan xudo ekani haqidagi xabarni bildirish uchun odamlar orasidan Z.ni tanlaganini aytadi (bu vaqtda u 40 yoshga toʻlgan edi). Shu kundan boshlab 3. zardushtiylik dinining paygʻambariga aylanadi. "Gatlar" deb atalgan, qoʻshiq qilib aytishga moʻljallangan sheʼrlar yaratadi. Soʻngra shaharu qishloq kezib, yakka tangri gʻoyasini targʻib etadi, tarafdorlar orttiradi. Bundan xavfsiragan Turon shohi Arjasp Z.ni dorga osish haqida farmon chiqaradi. 3. 300 maslakdoshi
== Adabiyot ==
|