Fotoapparat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 5:
Mil. av. 350 y.da yunon olimi Aristotel kichik teshik (mas, darcha) dan qorongʻi xonaga tushayotgan yorugʻlik nurlaridan xonaning qaramaqarshi devorida tashkaridagi, darcha oldidagi narsalarning yorugʻlik tasviri hosil boʻlishi mumkin, degan edi. 18 asr oʻtgandan keyin Leonardo da Vinchi bu hodisadan turli narsalarning tasvirini qogʻozga chizishda foydalangan. 1611 y.da nemis astronomi I. Kepler ikki linzadan iborat teleskopik tizimni yasadi. 1840 y.da avstriyalik olim I.Petsval bir necha linzadan iborat optik tizimni (obʼyektivni) hisoblab chikdi va uni nemis optigi P.F. Foixtlender yasadi. 19-a. 30-y.larida fransiyalik Jiro kassetasi katta boʻlgan yogʻoch fotokamerani koʻplab ishlab chiqardi. 1842 y.da Germaniyada metall korpusli F. ishlab chikarila boshlandi. 1888 y.da amerikalik ixtirochi J. Istmen dunyoda birinchi marta rolikka oʻralgan fotoplyonka oʻrnatilgan F. yaratdi. 1924 y.da "Leys" firmasi kichik formatli "Leyka" F.ni, 1970-y.larda ekspozitsion parametrlari yarim avtomatik va avtomatik oʻrnatiladigan, obʼyektivi avtomatik fokus lanadigan, fotozatvori elektron boshqariladigan, plyonkani tortish mexanizmi elektr yuritmali F.lar yaratildi. Hozir fototasvirlarni bir zumda chiqarib beradigan, uyali telefon apparatiga "singdirilgan" F.lar mavjud.
 
Chet elda F. ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 50 dan ortiq konsern, firma va z-dlarzavodlar mavjud, jumladan: "Istmen kodak", "Polyaroid" (AQSH), "AlfaGevert" (GermaniyaBelgiya), "Nippon kogaku", "Kenon", "Minolta kamera", "Asaxi optikl", "Konisirovku foto" (Yaponiya), "Leys", "Rolley", "Karl Braun", "Minoks", "Pentakon" (Germaniya), "Xassel blad" (Shvetsiya), "Krasnogorsk z-dizavodi", "LOMO" birlashmasi (Rossiya), "Arsenal z-dizavodi" (Ukraina) va b.
 
Havaskorlik F.dan "Kenon", "Nikon" (Yaponiya), "Pentakon" (Germaniya), "Kodak" (AQSH), "Zenit", "FED", "Zorkiy" (Rossiya), "Kiyev" (Ukraina), "Xasselblad" (Shvetsiya) koʻplab ishlatiladi.