Havoni konditsirlash: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 3:
H.k. tizimlari baʼzan oqimli ventilyatsiya vazifasini ham bajaradi: issiq davrlarda havoni sovitadi va quritadi, sovuq davrlarda esa isitadi va namlaydi. H.k., koʻpincha jamoat va maʼmuriy binolarda, poyezl, samolyot, avtomobil hamda kemalarda qulay sharoit yaratish: sanoat binolarida qulay ish sharoiti tashkil etish va mehnat unumdorligini oshirish; uy-joylarda, kran, traktor, kombayn, ekskavator- va b. mashinalar kabinalarida mehnat sharoitini yengillashtirish; kutubxona, arxiv, muzey rasm galereyalarida — kitoblar, hujjatlar va sanʼat durdonalarini avaylab-asrash kabi maqsadlarda qoʻllanadi.
 
H.k. dastlab 19-a. oxirida toʻqimachilik sanoatida texnologik maqsadlar uchun ishlatila boshlangan. 1897 y.da AQShda H.k.ga patent olingan; 1906 y.da havo namligini rostlash usuli taklif etilgan. 1922 y.da birinchi marta kinoteatrlarda ishla-tilgan. H.k. tizimlari uchun konditsi-oner va unga tegishli jihozlar 20-a. oʻrtalaridan z-dlardazavodlarda ishlab chiqarila boshlagan.
 
H.k.ning markaziy va mahalliy tizimlari bor. Markaziy tizimda bir necha binoni, mahalliysi bitta bino yoki uning bir qismini havo bilan taʼminlaydi. Markaziy tizimlar tashqaridan keltiriladigan issiqlik eltuvchi (issiq suv, bugʻ, gaz yoki elektr orqali) va haydash nasoslari, ven-tilyatorlar, kompressorlarning dvi-gatellarini harakatlashtirish uchun elektr energiyasi bilan taʼminlanadi. Mahalliy tizimlarga xususiy sovuq bilan taʼminlash manbalari qurilishi mumkin. Quruq va issiq iqlimli hududlarda suvning buglanishi hiso-biga havo sovutkichlari ishlatiladi. Ventilyatorlar hosil qiladigan havo oqimi bosimiga koʻra, past (1 kN/m-), oʻrtacha (1—3 kN/m2) va yuqori (3 kN/m2 dan yuqori) bosimli tizimlar boʻladi. Markaziy va mahalliy tizimlar bir va ikki kanalli boʻladi. Bir kanal-li, past bosimli tizimga (rasmga q.) havo tayyorlash qurilmasi — konditsi-oner, konditsiyalangan havoni haydash hamda ishlangan havoni chiqarib yuborish kanali va qurilmasi, avtomatik rostlash, uzoqdan turib nazorat qilish hamda boshqarish asboblari kiradi.