Geomorfologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 19:
ning oʻrtalari va 2-yarmida birmuncha yutuqlarga erishildi. Bu davrda geomorfolog olimlar geomorfologik sathlar, geotektura, Yerning morfostrukturasi va morfoskulpturasi, morfologik komplekslar, geomorfologik sikllar haqida ilmiy fikrlarni rivojlantirdilar. Yer poʻsti va mantiyasining tarkibi haqidagi yangi maʼlumotlar asosida yer relyefi va Dunyo okeani tubi relyefining kelib chiqishi va rivojlanishi haqida yangi konsepsiyalar yaratilmoqda. Relyefni tasniflash, flyuvial, karst, muzlik, toʻng yer, eol relyeflarning shakllanishi, qirgʻoqlar morfologiyasi masalalarini ishlab chiqishda katta yutuqlarga erishildi. 1990-y.larda regional geomorfologik tadqiqot kilishda salmoqli ishlar qilindi. Geomorfologik haritalarni tuzish metodikasi ishlab chiqilmoqda. Tadqiqot qilishning haritagrafik metodi, aerometod, geodezik va geofizik metodlar, statsionar va eksperimental tadqiqot metodlari takomillashtirilmoqda. Relyef geometriyasi, kinematika va dinamikasi masalalariga alohida eʼtibor berilmoqda. G.ning rivojlanishiga oʻzbekistonlik olimlardan Gʻ. O. Mavlonov, M. M. Mamatqulov, O. Yu. Poslavskaya, A. A. Abdujabborov, N. A. Kogay, G. F. Tetyuxin va b. ham salmokli hissa qoʻshdilar.
 
Xalqaro miqyosda G. ishlarini koordinatsiyalash Xalqaro geografiya ittifoqining komissiya va yordamchi komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi (amaliy G., geomorfologik haritagrafiyalash metodikasi va b. boʻiicha). Oʻzbekistonda geomorfologlarning ishlari va G. masalalari Oʻzbekistan FA Seysmologiya in-tiinstituti qoshidagi Geografiya boʻlimi tomonidan koordinatsiyalanadi va Geografiya jamiyatining sʼyezdlarida muhokama qilinadi.
 
== Adabiyotlar ==