Introduksiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 6:
Oʻrta Osiyo ham koʻpgina madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish marka-zi hisoblanadi va bu yerda ularning xilmaxil shakllari uchraydi. Shu bilan bir qatorda, 19-a.da va undan avval Oʻrta Osiyoga aholiga nomaʼlum boʻlgan oʻsimliklar keltirilgan, ular iqlimlashtirilib, asosiy ekinlarga aylangan. Oʻrta Osiyoda, shu jumladan, Oʻzbekistonda I. natijasida kartoshka, pomidor, shirin qalampir, baqlajon, karam, ayrim koʻkat va ziravorlar, yer yongʻoq, hurmo, limon, unabi kabi sab-zavotlar, poliz ekinlari, meva turlari tarqaldi.
 
Oʻsimliklar I.si uchun materiallar yigʻish maqsadlarida madaniy oʻsimliklarning birlamchi va ikkilamchi kelib chiqishi markazlariga ilmiy eks-peditsiyalar uyushtiriladi (mas, Oʻzbekiston FA Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi in-tiinstituti gʻoʻzaning yovvoyi turlarini yigʻish boʻyicha akad. A. Abdullayev boshchiligida 1975 y.da Meksika, 1984 y.da Peru, 1989—90 y.larda Shri Lanka, Hindiston, Xitoy, 1997 y.da Avstraliyaga ilmiy ekspeditsiyalar yuborgan). Botanika va seleksiya muassasalarida oʻsimliklar I.si va soʻngra ularni iqlimlashtirish ishlari olib boriladi.
 
20-a.ning 30-y.larida Oʻzbekistonda tashkil etilgan ilmiy tashkilotlar ilmiy reja asosida jahon madaniy va yovvoyi oʻsimliklarining xilma-xil turlarini yigish, I. ishlarini boshladilar. Hoz. Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik, Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi, Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi, Botanika i. t. in-tlariinstitutlari va Botanika bogʻida I.langan va mahalliy navlar asosida turli ekinlarning kolleksiyalari tashkil etilgan.
 
Jahon mamlakatlari oʻrtasida ilmiy hamkorlik kengaygan sharoitlarda I.ning vazifasi oʻsimliklarni ilmiy asosda yangi oʻlkalarga jalb etish va mavjud ekinlar nav tarkibini zamonaviy sanoat navlari bilan boyitishdan iborat (yana q. [[Adaptatsiya]], [[Areal]], [[Iqlimlashtirish]]).