Irlandiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boʻlimlarni vikifikatsiyalash
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 48:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
I. da 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalarning 9 y. lik majburiy taʼlimi joriy etilgan. Boshlangʻich maktab — 6 y. lik. Oʻrta maʼlumot davlatga yoki xususiy shaxslarga qarashli maktablarda olinadi. Har yili maktablarni bitirib chiqqanlarning 50% oliy oʻquv yurtlariga kiradi. 4 un-t, ularning xuzurida kollejlar, jumladan, Dublin unti (Triniti kolleji, 1592), Dublindagi Milliy un-t (1908), Limerik sh. dagi texnikaga yoʻnaltirilgan Milliy oliy taʼlim in-tiinstituti bor. Ilmiy muassasalari: Dublin qirollik jamiyati (1731), I. qirollik akademiyasi (1786), tibbiy (1882), ijodiyot (1932), rassomlik, haykaltaroshlik va meʼ-morlik (1823) tarmoq akademiyalari. Eng yirik kutubxonalari: Dublindagi Milliy va Xalq kutubxonalari. Muzeylari: Dublindagi Milliy muzey (1731), Milliy galereya (1864), Fuqarolik muzeyi (1953), Zamonaviy sanʼat galereyasi (1953).
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz. va jur. lari: "Ayrish independent" ("Irlandiya mustaqilligi", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1905 y. dan), "Ayrish press" ("Irlandiya matbuoti", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1931 y. dan), "Ayrish tayme" ("Irlandiya vakti", ingliz tilidagi milliy kundalik gaz., 1859 y. dan), "Ivning gerald" ("Kech-ki xabarchi", ingliz tilidagi milliy kundalik gaz., 1891 y. dan), "Innyu" ("Bugun", irland tilidagi haftalik milliy gaz., 1943 y. dan"), "Iris efi-gyul" ("Rasmiy gazeta", irland tilida haftasiga 2 marta chikadigan gaz., 1922 y. dan), "Ayrish pipl" ("Irland xalqi", ingliz tilidagi haftanoma), "Ayrish soushelist revyu" ("Irland sotsialistik sharhi", ingliz tilida har chorakda chiqadigan nazariy jur., 1969 y. dan), "Ayrish uorkers voys" ("Irland ishchilari ovozi", ingliz tilidagi haftalik byulleten). I. radio va telekoʻrsatuvi davlat mahkama-sidir. I. da 1926 y. dan radioeshittirish, 1961 y. dan telekoʻrsatuvlar olib boriladi.
Qator 66:
Badiiy oʻqish va badihachilik sanʼati I. da majusiylik davridan mavjud. 16-a. da Dublinda diniy mavzudagi dramalar koʻrsatilgan. 17-a. dan ingliz aslzodalari uchun teatrlar tashkil topgan. 1899 y. U. B. Yits va A. Gregori Dublinda I. adabiy teatrini tuzdilar. 1901 y. da I. milliy drama jamiyati, 1904 y. da uning zaminida Dublindagi doimiy teatr (keyinchalik Abbatlik teatri) yuzaga kelgan. Abbatlik ("Ebbi teatr") da esa spektakl yaratishning yangi prinsiplari ishlab chiqildi. 1922 y. drama ittifoqi tashkil topdi. 1928—31 y. larda Golueyda Gel teatri ishladi. 1929 y. da E. Xelton va M. Mak-Liamoir tomonidan Dublinda zamonaviy teatrlarning novatorlik usullarini tasdikdaydigan teatr vujudga keldi. Uning sahnasida irland mualliflarining pyesalari, U. Shekspir, O. Uayld, B. Shou, A. P. Chexov, L. Tolstoy asarlari qoʻyildi. 1939 y. dan Abbatlik teatri gel tilidagi spek-takllarni ham namoyish eta boshladi.
 
Kinosiga 1936 y. asos solingan. 30— 40-y. larda I. kino in-tiinstituti tashkil boʻlgan. 1958 y. dan "Ardmor" kinostudiyasi ishlay boshladi. "Obrazlar", "Och binafsha rang taksi" kabi filmlar ishlandi. "Yits mamlakati", "Irlandiya xalqi", "Ozodlik", "Bu toshlar qoladi" kabi hujjatli filmlar yaratildi. 1982 y. "Quvilganlar" badiiy filmi (rej. Vinn-isimond) ekranga chiqdi. Mashhur rej. lari: M. O’Kelli, P. Keri, B. Kuini, R. Mangs, L. Markes, D. Komerford, K. Gikki. 1970 y. da kinematografiyachilar birlashmasi tu-zilgan.
 
Oʻzbekiston — I. aloqalari. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, ikki mamlakat oʻrtasida savdoiqtisodiy aloqalar rivojlana boshladi. Oʻzbekiston I. ga, asosan, paxta tolasi va bir oz miqdorda maʼdanli oʻgʻit eksport qiladi. I. dan don, mol yogʻi, oʻsimlik yogʻi va sariyogʻ, plastmassa va undan yasalgan buyumlar, dori-darmon, kiy-im-kechak, organik kimyoviy birikmalar, elektr jihozlari va sh. k. larni sotib oladi. Shu tariqa 2000 y. da oʻzaro tovar aylanmasi 14,3 mln. AKIIT dollariga yetdi. "Oʻzbeksavdo" uyushma-sining "Tijorat" firmasi I.ning "Verloni ltd" firmasi bilan I. dan Oʻzbekistonga 2,6 mln. dollarlik kungaboqar yogʻi yetkazib berish haqida shartnoma tuzgan. "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi 1995 y. dan I. ning "Esb International" firmasi bilan hamkorlik qilmoqda. Shu yili bu firma xalqaro tashkilotlar tomonidan koʻrsatilayotgan texnikaviy koʻmak dasturi doirasida Yevropa Hamja-miyati Komissiyasi (YEHK)ning "OʻzRda elektrlashtirish tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirishga texnikaviy yordam" deb atalgan "EUZ 92/020" loyihasini bajardi. 1997 y. da firma YEHK oʻtkazgan tenderda gʻolib chiqib, "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasida yangi "EUZ 9603" loyihasini bajarishga kirishdi.