Kosmogoniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 11:
Bugoʻngi hisob-kitoblarga koʻra, 5 mlrd. yil burun sezilarli darajada aylanishga va magnit maydonga ega boʻlgan gaz-changdan iborat yirik budut siqilishni boshlab, asta-sekin uning markazida massiv markaziy quyuqlik vujudga kelgan. Quyuqlikdan tashqaridagi qism massasi nisbatan 10 marta kichik boʻlgan. Bu sistema aylanish oʻqi boʻyicha siqilib borgan sari magnit kuch chiziklari markazdagi protoyulduzga oʻralib borib, uning aylanish momentini ular tashqi qismga uzatishda qatnashadi. Natijada markazida Quyosh va uning ekvator tekisligi atrofida aylanish momenti asta-sekin oshib borayotgan qalin disk vujudga keladi. Ushbu disk zichligi maʼlum kritik qiymatga erishishi bilan u gravitatsion beqarorlik tufayli bir nechta halqalarga ajraladi. Har bir halqa asta-sekin boʻlinishi va massalarini yigʻilib borishi jarayonlari sababi sayyora hamda tabiiy yoʻldoshlari vujudga keladi. Gazsimon gigant sayyoralar atrofida disklar xuddi shu tariqa vujudga kelib, ular ham beqarorlik oqibatida halqalarga boʻlinadi.
 
Oʻzbekistonda K. muammolari, asosan, OʻzMU Astronomiya kafedrasida, galaktikalar K.si esa Oʻzbekiston FA Astronomiya in-tidainstitutida oʻrganiladi.
 
Ad.:Gurevsch L. E., Chernin A. D., Vvedeniye v kosmogoniyu, M, 1987; M., 1986; Nuritdinov S. N., Somon Yoʻli fizikasi, T., 1989.