Marokash: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boʻlimlarni vikifikatsiyalash
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 61:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
859 y. Fosda Afrikada birinchi musulmon unti ochilgan. Mamlakatda musulmon diniy maktablari boʻlgan. Fransuzlar hukmronligi davrida (1912 y.dan) davlat dunyoviy maktablarining 2 turi (yevropaliklar va mahalliy aholi uchun) bor edi. 1956 y. mustaqillik eʼlon qilingan paytda bolalarning 17% maktabga qatnagan. Mustaqillikka erishilgach, maorifni rivojlantirish, milliy mutaxassislar tayyorlash, savodsizlikni tugatish choralari kurila boshladi. 1963 y.da bolalarni 6—7 yoshdan 13—14 yoshgacha majburiy oʻqitish haqida qonun qabul qilindi. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 5 y., oʻrta maktabda 7 y. Oliy oʻquv yurtlari: Rabotda Muhammad V nomidagi un-t (1957), Fos sh.da Karauin nomidagi musulmon unti (859),Muhammad bin Abdulloh nomidagi un-t (1973), Kasablankada Hasan II nomidagi un-t (1975), 12 ta in-tinstitut va kollej, Kasablanka va Titvonda nafis sanʼat maktabi, Kasablankada tibbiyot maktabi. Ilmiy muassasalari: Rabotda Sharif ilmiy in-tiinstituti, agronomiya tadqiqotlari milliy in-tiinstituti, Muhammad V nomidagi un-t huzurida i. t. markazi, M. geogr. milliy qoʻmitasi, Milliy gigiyena inti (Rabotda), Okeanografiya in-tiinstituti (Kasablankada), bir qancha ilmiy jamiyatlar. 1977 y. Podshoxlik akademiyasi tashkil etilgan. Kasablankada Munitsipal kutubxona, Rabotda markaziy kutubxona arxivi b-n, un-tlarning kutubxonalari, Tanjer, Fos, Titvon sh.larida kutubxonalar bor. Rabotda antik sanʼat va arxeologiya muzeyi, Fosda qurol-yarogʻ muzeyi, Titvonda arxeologiya, sanʼat va folklar muzeyi, Kasablanka va Tanjerda muzeylar mavjud.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. M.da 20 ga yaqin gaz. va bir kancha jur. nashr etiladi. Eng yiriklari: "Al-Alam" ("Bayroq", arab tilida chiqadigan kundalik gaz., 1946 y.dan), "Al-Anba" ("Xabarlar", arab tilida chiqadigan kundalik hukumat gaz., 1971 y.dan), "Al-Bayon" (arab va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gaz., 1972 y.dan), "Ad-Demokrati" ("Demokrat", arab va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gaz., 1982 y.dan), "Al-Magʻrib" ("Gʻarb", fransuz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1977 y.dan), "Opinon" ("Fikr", fransuz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1965 y.dan), "Risolat alUmma" ("Millat risolasi", arab tilida chiqadigan kundalik gaz., 1983 y.dan), "Lyam alif" (fransuz tilida chiqadigan oylik jur., 1966 y.dan). Magʻrib Arab Press — MAP — xukumat axborot agentligi 1959 y.da tuzilgan. M. radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi, hukumat mahkamasi. Radioeshittirishlar arab, ingliz, fransuz tillarida olib boriladi.