Mavritaniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boʻlimlarni vikifikatsiyalash
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 32:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Boshlangich taʼlim majburiy hisoblanadi, biroq bolalarning oz qismi maktabga qatnaydi. M.da 1214 boshlangʻich va 51 oʻrta maktab bor. Oʻqish muddati: boshlangʻich maktabda 6 y., oʻrta maktabda ham 6 y. Boshlangʻich maktablarda darc arab tilida, oʻrta va oliy maktablarda fransuz tilida olib boriladi; boshlangʻich maktablarda fransuz tili ham oʻrgatiladi. Oliy oʻquv yurtlari: Nuakshotda un-t (1983), Ped. in-tiinstituti (1971), Oliy maʼmuriy maktab. Butilimit sh.da Oliy islom tadqiqot in-tiinstituti (1961) bor. Yoshlarning aksariyati Fransiya, Senegal va b. mamlakatlarning untlariga borib oʻqiydi. M.da konchilik sanoati i.t. markazi, sabzavotchilik i.t. instituti, bir necha q.x. tajriba st-yasi, Ped. hujjatlashtirish markazi (1962) bor. Nuakshotda Milliy kutubxona (1961), Milliy arxiv (kutubxonasi b-n, 1955) va Markaziy ommaviy kutubxona mavjud.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. M. da chiqadigan asosiy nashrlar: "Ash-shaab" ("Xalq", 1975 y.dan, arab va fransuz tillarida chiqadigan kundalik hukumat gaz.), "Pyopl" ("Xalq", fransuz va arab tillarida yiliga 6 marta chiqadigan gaz.), "Jurnal ofisyel" ("Rasmiy gaz.", fransuz tilida haftasiga 2 marta chiqadigan hukumat xabarnomasi). M. radioeshittirish va telekoʻrsatuv xizmatiga 1958 y.da asos solingan; arab, fransuz va mahalliy tillarda eshittirish va koʻrsatuvlar olib boradi. M. axborot agentligi 1975 y.da tuzilgan boʻlib, 1990 y.gacha M. matbuot agentligi deb atalgan; u hukumat nazoratida.