Mineralogiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 19:
Konchilikning Yevropada (6—13-a.
 
lar) rivojlanishi (temir, qalay, muskovit, tosh tuzi, kahrabo, kumush va b. ni qazib olish) rudalarni oʻrganishga turtki boʻldi. 13-a.da Yevropada mineral haqida maxsus risola yozildi. Pekin u vaqtda mineral, togʻ jinslari va rudalar oʻzaro farq qilinmagan, ularning tasnifi juda sodda boʻlgan. M.ni oʻrganish alkimyo bilan bogʻliqholda olib borilgan. M. Uygʻonish davridan boshlab fan sifatida shakllandi. G. Agrikola "Konchilik va metallurgiya" asarida (1550) birinchi marta mineralni togʻ jinsidan aniq farqladi, dastlabki tasnifni qoʻlladi. "M." termini fanga italyan tabiatshunosi Bernard Seziy tomonidan 1636 y.da kiritilgan. 17-a.da Yevropada kristallarning geometrik qonunlari va ularning optik xususiyatlari oʻrganildi. Kristallarning kirrali burchaklarini tadqiq qilish M. va kristallografiya rivojiga katta hissa qoʻshdi. Rus olimi M. V. Lomonosov minerallarning asosiy belgisi sifatida uning kimyoviy tarkibini olgan. 19-a.da mi-nerallarning tarkibi va fizik xossalarini oʻrganish natijasida izomorfizm va polimorfizm tushunchalari paydo boʻldi. 19-a. oxirida turli xom ashyoga boʻlgan ehtiyojning kuchayishi bilan tavsifiy M.ning eski usullari talabga javob bermay qoʻydi. M.ga rus olimlaridan V. V. Dokuchayev, A. S. Fyodorov, V. I. Vernadskiy, A. Ye. Fersman, D. S. Korjinskiy, shveysariyalik P. Niggli, amerikalik N. L. Bouen, gollandiyalik Ya. X. Vant-Goff va b. salmokdi hissa qoʻshdilar. Oʻzbekistonda M.ni oʻrganish va mineralog kadrlar tayyorlash 20-a.ning 20-y.laridan boshlangan. Bir qancha minerallarning toʻliq tasnifi berildi. Toshkentda yangi mineralogikgeokimyoviy yoʻnalish vujudga keldi. Hoz. Oʻzbekiston milliy unti geologiya f-tida, Tosh-TU ning konchilik-geologiya f-tida, Oʻzbekiston FA H.M. Abdullayev nomidagi Geol. va geofizika in-tidainstitutida, Oʻzbekiston Geol. va mineral resurslar Davlat qoʻmitasi Mineral resurslar in-tidainstitutida mineralogik, geokimyoviy tadqiqotlar olib borilmoqda. Oʻzbekiston hududidan jahonda ilgari nomaʼlum boʻlgan yangi minerallar topildi.
 
== Adabiyot ==